Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Denis Filippov: O‘zbekistonda naqd pulsiz hisob-kitob amaliyoti uchun salmoqli salohiyat mavjud
14:31 / 2025-10-23

“Mastercard” kompaniyasining mamlakatimizdagi Bosh menejeri Denis Filippov O‘zbekistonda raqamli to‘lov tizimini rivojlantirish bo‘yicha mavjud salohiyat xususida fikr yuritadi:

– Hozir O‘zbekistonda naqd pulsiz amaliyot ulushi umumiy miqdorning qariyb 43 foizini tashkil etadi. 2023 va 2024 yillari bu raqam mos ravishda 38 va 41 foiz edi. Ya’ni, mamlakat to‘lov tizimini raqamlashtirish bo‘yicha barqaror taraqqiyot ko‘rsatkichini namoyish etmoqda.

O‘rtacha 29 yoshga to‘lgan aholi soni yuqoriligi, mobil aloqa va internet, fintex sektori faol rivojlanishi kabi omillar birgalikda respublika raqamli iqtisodiyotga jadal o‘tishi uchun qulay sharoit yaratmoqda.

“Mastercard” mamlakat banklarida yangi karta va xizmatlar ishga tushirish, ta’lim tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash orqali ushbu jarayonda faol ishtirok etyapti. Biz hamkorlar bilan moliyaviy savodxonlikni oshirish, zamonaviy to‘lov texnologiyasidan foydalanish imkoniyatini kengaytirish, naqd pulsiz vositalarga ishonchni mustahkamlashga intilamiz.

Ayni paytgacha 1400 dan ziyod tadbirkor “Mastercard” elektron tijorat maktabi bepul treningini tamomlagan, bank kartasidan foydalanish asosi va kiber xavfsizlik bo‘yicha tekin onlayn kurslar endi kompaniya hamkorlaridan birining platformasida mavjud.

Har qanday mamlakatda naqd pulsiz hisob-kitob rivojlanishi, umuman, iste’molchi odati o‘zgarishi kabi, o‘zaro bog‘liq murakkab omillar natijasidir. Shu nuqtai nazardan O‘zbekistonda ushbu tizim barqaror o‘sishiga turtki bo‘layotgan bir necha asosiy omilni ta’kidlab o‘tgan bo‘lardim: – Davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash – O‘zbekiston Markaziy banki mahalliy to‘lov tizimini isloh qilish va qo‘llab-quvvatlash orqali raqamlashtirishni faol rag‘batlantirmoqda;

– Texnologiya rivojlanishi – yetakchi banklar tobora qulay mobil ilova va onlayn xizmat turlarini taklif qilmoqda.

Tan olish kerak, aholining ko‘pchiligi hamon naqd pulni afzal ko‘radi. Shu bois, natija erishish uchun soliqqa oid ma’lumot va moliyaviy, shuningdek tashabbuslar va bank xizmatidan foydalanish imkoniyatini kengaytirish iste’molchi xatti-harakatini boshqarishda muhim o‘rin tutadi. Shu bilan birga kiber xavfsizlik muammosi, moliyaviy savodxonlik yetarli emasligi va infratuzilmaga oid mavjud cheklov global to‘lov ekotizimi bilan uyg‘unlashish yo‘lidagi asosiy to‘siq bo‘lib qolmoqda.

Raqamli tranzaksiya doimiy o‘sishi va kiber jinoyat rivojlanib borishi zamonaviy xavfsizlik tizimi joriy etilishini taqozo qiladi. Bizning kiber xavfsizlik va identifikatsiya tizimimiz har kuni turli xavf-xatar bilan bog‘liq taxminan 32 million hodisani kuzatadi. Bu tizim asosan sun’iy intellektga asoslangan.

“Mastercard” banklar, shuningdek, moliyaviy va nomoliyaviy tashkilotlarni himoya qiluvchi ilg‘or texnologiya va xizmatdan foydalangan holda, xavfsiz va inklyuziv raqamli kelajak yaratish tarafdoridir. Shuningdek, moliyaviy savodxonlikni oshirish muhim. Ko‘pchilik, ayniqsa hududlar aholisining aksari raqamli to‘lovning afzalligi va mexanizmini hali to‘liq tushunmaydi. Bu yangi xizmatlardan faol foydalanishni cheklaydi.

O‘zbekiston qishloqlarida barqaror internet aloqasi va cheklangan miqdordagi POS-terminal yetishmovchiligi raqamli to‘lov jarayoniga to‘sqinlik qilmoqda. Ushbu muammolarni hal qilish uchun “Mastercard” regulyator, bank va fintex kompaniyalari bilan faol hamkorlik qilmoqda, raqamli infratuzilmani rivojlantirmoqda, zamonaviy texnologiya va to‘lov xavfsizligi standartini joriy qilmoqda.

Masalan, 2025 yil boshida O‘zbekistonda kichik biznesni raqamlashtirish bo‘yicha loyiha ishga tushirilib, 12 000 kichik biznes sub’ektiga smartfon orqali to‘lov qabul qilish uchun dasturiy ta’minotdan bepul foydalanish imkoni yaratildi. Shu tariqa o‘zini o‘zi ish bilan ta’minlayotganlar hamda kichik biznes sub’ektlari, ayniqsa, internet qamrovi tor chekka qishloqlar sezilarli darajada qo‘llab-quvvatlandi. “Mastercard Strive” tashabbusi doirasida amalga oshirilayotgan mazkur loyiha butun dunyo bo‘ylab 10 milliondan ko‘p kichik biznes vakilini qo‘llab-quvvatlab, ularga kapital, bozor va raqamli yechimdan foydalanish imkoniyatini taqdim etmoqda.

Kompaniya mahalliy bozorda qator muhim loyihalar amalga oshiryapti. Masalan, yaqinda “Hozir sotib ol, keyinroq to‘la” (BNPL) segmentidagi birinchi virtual mahsulot – ZOOD fintex platformasi va Ipak Yo‘li banki bilan hamkorlikda yaratilgan “ZOOD Card” taqdim etildi. Karta “Amazon”, “eBay”, “Alibaba” kabi turli onlayn-do‘konlarda 12 tagacha to‘lovni bo‘lib-bo‘lib o‘tkazish imkonini beradi.

Yaqin kelajakda biz o‘z takliflarimizni raqamli hamyon, P2P transferi va mobil to‘lov segmenti, xususan elektron tijorat sohasi, shuningdek yosh va faol aholiga mo‘ljallangan xizmat bo‘yicha taklifimizni kengaytirmoqchimiz.

Fevral oyida Milliy bank tomonidan “Mastercard” bilan hamkorlikda joriy etilgan “Swoo Pay” to‘lov xizmati ishga tushirilgan. Ushbu ilova Android smartfonini xavfsiz raqamli hamyonga aylantirib, mijozlar plastik karta olib yurish zaruratini bartaraf etadi – to‘lovni, hatto, internetga ulanmasdan smartfon orqali amalga oshirish mumkin.

Bozor uchun dolzarb va joriy foydalanish holati ishlab chiqilyapti. Masalan, O‘zbekiston iqtisodiyotida hamon naqd pul ulushi salmoqli ekanini hisobga olib, yaqinda Paynet va Asaka bank bilan hamkorlikda to‘lov terminali tarmog‘i orqali har qanday bankdan “Mastercard” kartasini to‘ldirishni joriy qildik. Bundan tashqari jismoniy shaxslar uchun ichki pul o‘tkazmasi va turli biznes amaliyotini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratyapmiz. Maqsad – bozorning barcha segmenti uchun qulay, tezkor va xavfsiz yechim taqdim etish.

“Paysend” to‘lov platformasi transchegaraviy o‘tkazma imkoniyatini kengaytiradi. Jumladan, mahalliy to‘lov tizimi kartasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘lov amalga oshira oladi. Bu 170 dan ortiq mamlakat, jumladan Markaziy Osiyo va Yaqin Sharqdan pul o‘tkazmalarini soddalashtiradi va tezlashtiradi.

Muharrama Pirmatova, O‘zA