Demokratik islohotlarning izchil davomi
Prezidentimizning Oliy Majlisga qilgan Murojaatlarini oʻqib beixtiyor koʻzlarimda yosh qalqidi.
Prezidentimizning Oliy Majlisga qilgan Murojaatlarini oʻqib beixtiyor koʻzlarimda yosh qalqidi. Men oddiy bir nodavlat notijorat tashkilotining rahbariman. Jamoamiz bilan koʻp yillardan buyon goʻzal Fargʻonaning Quvasoy tumanida aholiga beminnat xizmat qilib kelamiz.
Murojaatda meni hayajonga solgan quyidagi jumlalarga eʼtiboringizni qaratmoqchiman. “Mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga oid va jamoatchilikda alohida qiziqish uygʻotadigan oʻta muhim masalalarga doir qarorlarni qabul qilishda jamoatchilik bilan maslahatlar, jamoatchilik eshituvlarini oʻtkazish majburiyligini aniq belgilash kerak. Jamoatchilik maʼqul desa maʼqul, nomaʼqul desa nomaʼqul boʻladi”.
Mazkur gʻoyani Muhtaram Prezidentimizning qanchalik xalqimiz manfaatlarini koʻzlab, aytayotganligini oʻz qalbimdan his etdim.
Chunki, Murojaatda Oʻzbekiston Respublikasi Jamoatchilik palatasini tashkil etish hamda uning asosiy maqsadi jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirishdan, davlat va jamiyat oʻrtasida oʻzaro yaqin hamkorlik oʻrnatishdan iborat ekanligi toʻgʻrisidagi takliflari bilan muhim bir ijtimoiy-siyosiy masalani demokratik asosda hal etib berdilar.
Davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak! – degan xalqchil gʻoya asosida jamoatchilik eshituvlari va maslahatlari jamiyatda manfaatlar muvozanatini hamda oʻzaro tiyib turishni taʼminlashga xizmat qiladi, deb toʻla ishonch bildiraman.
Xurshida Ibragimova
“Mehrjon” nodavlat notijorat tashkiloti rahbari,
“Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun” koʻkrak nishoni sohibasi