Delegatlar “Toshkent Assambleyasi” haqida qanday fikrda?
Toshkentda o‘tkazilgan Parlamentlararo Ittifoqning 150-assambleyasi xalqaro miqyosda unutilmas voqeaga aylandi. Ushbu yig‘in doirasida dunyoning turli mintaqalaridan kelgan delegatlar O‘zbekistonning ma’naviy-madaniy, siyosiy hayotini his qilish imkoniga ega bo‘ldilar.
O‘zA muxbiri mehmonlar taassurotini bilish maqsadida bir necha xorijiy siyosiy doira vakillariga yuzlandi.
Qayd etish joiz, noiblar orasida yurtimizga ilk bor tashrif buyurganlari ham ko‘p. Ularning mamlakatimiz go‘zalligi, o‘zbekona mehmondo‘stlik va shonli tariximiz haqidagi iliq fikrlarini eshitish esa kishiga o‘zgacha zavq bag‘ishlaydi.
<iframe width="640" height="480" src="https://www.youtube.com/embed/b3mt1Atmbus?si=xqlZjmfYRW2v_LQX" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Musulmon Ziyo,
Doniyor Yoqubov (video),
O‘zA