English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Deklaratsiyalar muloqoti» forumiga uch kun qoldi
16:42 / 2022-05-13

16-20 may kunlari Toshkent va Buxoro shaharlarida “Deklaratsiyalar muloqoti” xalqaro forumi bo‘lib o‘tadi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti hamda  AQSH ning Global jalb qilish instituti tomonidan tashkil etilmoqda. 

Tadbirda o‘nga yaqin davlatlar, jumladan AQSH, Angliya, Avstriya,  Saudiya Arabistoni Qirolligi, Indoneziya, Nigeriya, Gana kabi mamlakatlarning   30 dan ortiq  taniqli ilohiyotshunoslari, diniy ulamolari va   rasmiy mutasaddi vakillari ishtirok etdi.

Forum doirasida 16-17 may kunlari Toshkentda ko‘p millatli jamiyatda konfessiyalararo muloqotni  rivojlantirish sohasida tajriba almashish, diniy erkinlik masalalarida  qonun ustuvorligini  ta’minlash, turli din vakillari o‘rtasida o‘zaro ishonch va hurmatni mustahkamlash bo‘yicha  ilg‘or amaliyotlar bilan tanishish yuzasidan ilmiy-amaliy  seminarlar o‘tkaziladi.   

18 may kuni forum ishtirokchilari uchun Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylariga tashrifni o‘z ichiga olgan tanishuv sayohatini tashkil etish ko‘zda tutilgan. 

19 mayda Buxoro shahrida “Deklaratsiyalar muloqoti” forumining  asosiy tadbiri bo‘lib o‘tadi. Unda ilmiy-amaliy seminarlar  sarhisob qilinadi,  e’tiqod erkinligi va dinlararo muloqotni ta’minlash masalalari bo‘yicha fikr almashiladi hamda  kelgusidagi hamkorlik istiqbollari belgilanadi. 

Tadbir doirasida shuningdek, diniy bag‘rikenglik, e’tiqod erkinligi g‘oyalarini xalqaro darajada qaror toptirish maqsadida 2016-2020 yillardaqabul qilingan Marokash, Makka, Jakarta, Potomak, Punto-del-Esteda deklaratsiyalarining taqdimoti o‘tkazilib, ularning mazmun-mohiyati  muhokama qilinishi rejalashtirilgan. 

Forum yakuni bo‘yicha “Buxoro deklaratsiyasi” qabul qilinadi.Unda O‘zbekiston tajribasidan kelib chiqib, jahon  hamjamiyati bilan  dunyoda ma’rifat va  diniy bag‘rikenglik tamoyillarini qaror toptirish, shuningdek, turli dinlar o‘rtasidagi muloqotni kuchaytirishga bo‘lgan da’vat ifodalanadi. 

O‘zA