French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dekabr oyida nafaqa to‘lovlari uchun mablag‘lar to‘liq moliyalashtirildi
16:39 / 2025-12-10

O‘zbekistonda aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi so‘nggi yillarda davlat siyosatida ustuvor yo‘nalishlardan biriga aylandi. Nafaqa to‘lovlarining o‘z vaqtida va to‘liq moliyalashtirilishi xalq turmush darajasi, ijtimoiy barqarorlik va aholi ishonchi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. Shu nuqtai nazardan, 2025 yil dekabr oyi uchun nafaqa mablag‘larining o‘z vaqtida banklarga yo‘naltirilishi ijtimoiy tizimning barqaror ishlayotganini ko‘rsatadi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi ma’lumotiga ko‘ra, joriy oyda to‘lov ro‘yxatlariga kiritilgan 715,4 ming nafar nafaqa oluvchi uchun talab etilgan 715,1 milliard so‘m mablag‘lar tijorat banklariga to‘liq moliyalashtirildi.  

O‘z navbatida nafaqa to‘lovlarini naqd pulsiz shaklda oluvchi 587,7 ming nafar (yoki jami oluvchilarning 82,2 foizi) fuqaroning bank kartalariga mablag‘lar to‘liq yuklab berilishi ta’minlandi.

2025 yil dekabr oyi uchun nafaqa to‘lovlarining to‘liq va o‘z vaqtida moliyalashtirilishi O‘zbekistonda ijtimoiy himoya tizimining barqaror va samarali ishlayotganidan dalolat beradi. Raqamlashtirilgan to‘lovlarga o‘tish ulushining oshishi, bank infratuzilmasining kengayishi va chekka hududlarda ham aholiga xizmat ko‘rsatishning yaxshilanishi barchasi ijtimoiy siyosatdagi islohotlarning amaliy natijasi hisoblanadi.

Bugungi kunda davlatning eng muhim vazifalaridan biri aholining himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash. Nafaqa to‘lovlarining hech qanday kechikishsiz taqsimlanishi, shaffoflikning ta’minlanishi nafaqat bugungi kun uchun, balki keyingi yillar uchun ham ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlaydi. Aholi uchun esa o‘z vaqtida va kafolatli nafaqa to‘lovlari davlatga bo‘lgan ishonch, har bir fuqaro turmush sifati va ijtimoiy himoyaning amaldagi ifodasidir.

Dildora DO‘SMATOVA, O‘zA