Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dehqonobodda ichimlik suvi ta’minoti yanada yaxshilanadi
20:06 / 2022-10-28

Bu haqida jurnalist va blogerlar uchun tashkil etilgan matbuot anjumanida Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani hokimi Zoyir Aliqulov ma’lum qildi.

Ta’kidlash lozimki, tumanda aholining ichimlik suv bilan ta’minlanganlik masalasi eng past ko‘rsatkichda. Shu bois tumanda mana bir necha yildirki yirik loyihalardan biri “Oqsuv-Dehqonobod” loyihasi amalga oshirilmoqda. “Oqsuv-Dehqonobod” loyihasi bo‘yicha 78,8 kilometr ichimlik suv quvuri hamda 1 kecha kunduzda 10,800 metr kub suv yig‘ish inshooti (Galereya 1,6 km) qurilishi ko‘zda tutilgan.

Loyiha bo‘yicha 183 kilometr qishloq aholi punktlarigacha, 310 kilometr ichki suv tarmoqlari, 2 ta 500 metr kublik suv saqlash hovuzi, 16 ta suv taqsimlash inshootlari qurish rejalashtirilgan. Loyiha to‘liq ishga tushsa tuman aholisining 78 foizi yoki 116 ta qishloqlardagi 112,8 mingdan ziyod aholi ichimlik suvi bilan ta’minlanadi.

[gallery-9329]

Ob’ekt uchun bugungi kungacha Respublika byudjetidan 237,3 milliard, viloyat byudjetidan 31,1 milliard, jami 268,4 milliard so‘m ajratildi. Hozirgi kunga qadar 247 milliard 861 million so‘mlik qurilish montaj ishlari bajarildi. Ob’ektning 1 kilometr 600 metr uzunlikdagi suv yig‘ish inshooti Galereya, 2 ta 50 metr kublik bosim pasaytiruvchi rezervuar va 2 ta 500 metr kub suv taqsimlash inshooti qurib bitkazildi.

Tumandagi Ayridevol mahallasi hududida 1 ta 2000 metr kub va Qorashina massivida 2 ta 1000 metr kub hajmli rezervuar to‘liq qurib bitkazildi. Ayridevol mahallasi bilan tuman markazi Qorashina massividagi rezervuarlarni bog‘lash uchun 9,5 kilometr uzunlikdagi metall quvur tarmog‘i tortilib, montaj va sinov ishlari to‘liq yakunlandi. Tarmoqda 7 ta zadvijka (loyihada 15 ta) 4 ta vantuz (loyihada 6 ta) o‘rnatilgan bo‘lib, ayni paytda zadvijka, vantuz, kolodets o‘rnatish ishlari yakunlandi. Tumandagi Gumbuloq, Aerodrom, Bo‘ston, Oydin yo‘l, Istiqlol, Nodira, Do‘stlik, Zavqiy jami 8 ta mahallalarda ichki tarmoq tortilishi natijasida aholi 13 foiz markazlashgan ichimlik suv ta’minoti bilan ta’minlandi.

Loyihaning ikkinchi bosqich ishlari ham boshlangan. Loyiha 2023 yilda to‘liq yakunlanishi ko‘zda tutilgan.

O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA.