Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dehqonlar tomonidan hosilni uyushqoqlik bilan yigʻib olish jarayoniga Federatsiya ham qarab turmaydi
12:45 / 2020-06-24

Ayni kunlarda respublikamiz dehqonlari kuzda qadalgan urugʻ hosilini uyushqoqlik bilan yigʻishtirib olish ilinjida. Barcha kuchlar gʻallani yigʻishtirishga safarbar qilingan.


Ayni kunlarda respublikamiz dehqonlari kuzda qadalgan urugʻ hosilini uyushqoqlik bilan yigʻishtirib olish ilinjida. Barcha kuchlar gʻallani yigʻishtirishga safarbar qilingan.

Bugun Namangan viloyatida xizmat safari bilan boʻlib turgan Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi J.Sarimsoqov viloyat dehqonlari bilan suhbatda boʻlib, bu yilgi hosil, isteʼmolchilar dasturxoniga tortiladigan mahsulotlar, ularning sifati, narx-navolar yuzasidan fikr almashdi.

Shuningdek, fermerlar bilan suhbat jarayonida ularga yaratilayotgan imkoniyat va yetishtirayotgan mahsulotlarini oʻzlari tomonidan qayta ishlash jarayonini tashkil etish bilan bogʻliq masalalar, bu jarayonga xorijiy kompaniya va xalqaro institutlarni jalb etish masalalari muhokama qilindi.

Federatsiya raisi viloyatda 60 dan ortiq tizim xodimlarining gʻalla yigʻim-terim jarayoniga otryad rahbari sifatida jalb qilinganligini maʼlum qilib, dehqonlarimiz tomonidan hosilni tez va uyushqoqlik bilan yigʻib olish jarayoniga Federatsiya ham qarab turmasligini taʼkidlab oʻtdi.

Viloyatning qator tumanlaridagi fermer xoʻjaliklarida hosilni yigʻib olish ishini toʻgʻri tashkil etgan bir qator otryad rahbarlari Federatsiya tomonidan esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini

himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi

matbuot xizmati