Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dehqon xo‘jaliklarida o‘rganish ishlari olib borilmoqda
09:37 / 2024-04-12

“Agroinspeksiya”ning Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-noyabrdagi “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida dehqon xo‘jaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va 2022-yil 10-sentyabrdagi “Dehqon xo‘jaliklari tashkil etishni qo‘llab-quvvatlash orqali aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlari ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Navoiy viloyatida 2022-2023-yillar davomida 9530 gektar yer maydoni 24 ming 764 ta lot loyihalashtirilib, 24 ming 756 ta lot “e-auksion” tanlovlariga chiqarilgan. Shundan 24 ming 596 ta lotdagi 9 ming 442 gektar yer maydonlarida g‘oliblar aniqlangan. Qolgan 160 ta tanlovda turgan 89 gektar yer maydonining g‘oliblari hali aniqlanmagan.

– O‘rganish davomida Navbahor tumanida dehqon xo‘jaliklari uchun ajratilgan yerlardan “Istiqlol” mahallasi hududida 22,7 gektar, “Keskanterak” hududidan 60,7 gektar, “Zarafshon” hududidan 7,9 gektar, “A.Navoiy” hududidan 43,9 gektar, “Yangiqo‘rg‘on hududidan 11,3 gektar, “S.Jo‘rayev” hududidan 16,5 gektar, “Uchtut” hududidan 24,37 gektar, “Turkiston” hududidan 45,05 gektar, “Navbahor” hududidan 55 gektar, jami 581,4 gektar yer maydonlari shu kunga qadar shudgorlanmagan, – deydi inspeksiyaning viloyat boshqarmasi yetakchi mutaxassisi Azimjon Turobov. – Bundan tashqari, aholiga dehqon xo‘jaligi yuritish uchun ajratilgan yerlardan samarali va maqsadli foydalanish bo‘yicha o‘rganishlarda 76 nafar fuqaro 53,51 gektar yerdan foydalanmasdan, ekin ekmasdan, o‘z holiga tashlab qo‘yganligi, maydonlar qarovsiz holatda ekanligi aniqlandi.

Hozir o‘rganishlar davom etmoqda.

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri