Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dehqon bozorlarida sotilayotgan mahsulotlarning amaldagi me’yor talablariga javob berishi o‘rganildi
17:55 / 2022-08-15

FOTOREPORTAJ

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi tomonidan Farg‘ona shahar markaziy dehqon bozori qoshidagi Veterinariya-sanitariya ekspertiza (VSE) laboratoriyasi faoliyati bilan tanishish maqsadida “Dehqon bozorlarida sotilayotgan mahsulotlarning amaldagi me’yor talablariga javob berishi, iste’molchilar hayoti, sog‘ligi va mol-mulkiga ziyon yetkazmasligi bo‘yicha qanday choralar ko‘rilmoqda?” mavzusida press-tur o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi va Farg‘ona viloyat hokimi tomonidan tasdiqlangan media tadbirlar rejasi asosidagi press-tur davomida ishtirokchilar bozordagi mahsulotlar, ayniqsa go‘sht, sut, tuxum va baliq mahsulotlarini, shuningdek, meva-cheva, sabzavot va poliz mahsulotlarini aholiga realizatsiya qilish, mazkur mahsulotlarning “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun talablari, xususan, qonunning 12-moddasiga asosan sanitariya-gigiyena, shu jumladan, radiologiya, epidemiyaga qarshi talablarga va amaldagi boshqa normalar hamda qoidalarga rioya etgan holda ishlab chiqarilgan bo‘lishini va iste’molchilarning hayoti, sog‘lig‘i, atrof-muhit uchun xavfsizligini, shuningdek, ularning mol-mulkiga zarar yetkazmasligini ta’minlash bo‘yicha vakolatli idora tomonidan olib borilayotgan davlat nazorati ishlarini o‘rgandi.

Tadbir davomida jurnalistlar sohaga oid masalalarda amalga oshirilayotgan ishlar, yangiliklardan boxabar bo‘lish barobarida, o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga batafsil javob oldi.

[gallery-8328]

Muqimjon QODIROV (surat),O‘zA