Dehlida portlash: qurbonlar bor
Hindiston poytaxtida dushanba oqshomida yuz bergan portlash butun shaharni larzaga soldi, deb xabar bermoqda “BBC” nashri. “Red Fort” metro bekati yaqinida avtomobil portlashi oqibatida kamida 8 kishi halok bo‘ldi, yigirmadan ortiq odam jarohat oldi.
Ushbu hududda minglab odamlar bo‘ladi, shu sababli ko‘pchilik buni tasodif emas, rejalashtirilgan hujum, deb taxmin qilmoqda.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, voqea payti yer titragandek bo‘lgan, keyin esa mashinalar yonib, odamlar vahima bilan qochgan.
– Hamma yer qon, odamlar yordam so‘rab baqirardi, - dedi voqea joyidan 200 metr uzoqlikda yashovchi Mohammed Hafiz.

Jarohatlanganlar darhol yaqin atrofdagi kasalxonaga yetkazilgan. Ayni payt xavfsizlik kuchlari butun shahar bo‘ylab favqulodda holat e’lon qildi. Portlash texnik nosozlik oqibatimi yoki terror harakatimi, hozircha noma’lum.
Musulmon Ziyo, O‘zA