Qo‘qqisdan defolt boshlanishi mumkin bo‘lgan xavfli guruhga iqtisodiyoti turizmga qattiq bog‘langan mamlakatlar kirishi mumkin.
Ushbu mamlakatlarda ikki yil davom etgan pandemiyadan keyin mazkur soha sezilarli ravishda tushkunlikka tushgan. Energiya mahsulotlari importiga qattiq bog‘lanib qolgan mamlakatlarda ham vaziyat yanada murakkablashadi, deydi “Ochiq Investitsiyalar” qarzdorlik bozori yetakchi tahlilchisi Aleksandr Shurakov “Praym” agentligiga bergan intervyusida.
Bunga aprel oyida tashqi qarzlari bo‘yicha defolt e’lon qilgan Shri-Lanka davlati yaqqol misol bo‘la oladi. Bu mamlakatning iqtisodiyoti yoqilg‘i imkortiga va turizmga qattiq bog‘langan. Birinchisi qimmatlashgan bo‘lsa, keyingisidan ko‘rilgan daromad allaqachon tamom bo‘lgan. Natijada mamlakatning valyuta zaxirasi atigi ikki milliard dollardan ham kam, bu yil to‘lanadigan qarzlar miqdori esa 8,6 milliard dollarni tashkil etadi.
Pokiston, Livan va Ukraina ham defolt e’lon qilish xavfi ostida turibdi. Janubiy Yevropa iqtisodiyotiga ham qarzdorlik bulutlari soya solmoqda. Chunki bu mamlakatlarda davlat obligatsiyalari bo‘yicha qarzdorlik ortib bormoqda, deydi Shurakov.
"Shu yil yanvar oyida 44,5 milliard dollarlik qarzni restrukturizatsiyalash bo‘yicha Xalqaro valyuta jamg‘armasi bilan kelishuvga erishgan Argentinani ham ushbu xatarli ro‘yxatga kiritsa bo‘ladi", — deya xulosa qildi u agentlik bilan suhbatda.