Davron Vahobov: “Business Port” tadbirkorlarni bir-biriga yaqinlashtiradi (+video)
Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va soha vakillarini birlashtirish maqsadida yangi tashabbus — “Business Port” loyihasi yo‘lga qo‘yildi.
Loyihaning birinchi uchrashuvi kuni kecha Toshkent shahrida 250 dan ziyod korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida tashkil etildi. Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov O‘zA muxbiriga intervyu berib, loyiha korxonalarni bir platformada jamlab, tajriba almashish, muloqot va hamkorlik muhitini yaratish, mavjud muammolarga amaliy yechim topishga qaratilganini ta’kidladi.
Suhbatda, shuningdek mamlakatda biznesni rivojlantirish, iqtisodiy barqarorlikdagi tashabbuslar va O‘zbekistonning JSTga a’zoligi yo‘lidagi ishlar alohida qayd etilgan.
Intervyuni YouTube sahifamizda batafsil tomosha qilishingiz mumkin.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/7Js2dlT9CYM" title="Davron Vahobov: “Business Port” tadbirkorlarni bir-biriga yaqinlashtiradi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Behruz Xudoyberdiyev, Oybek Davronov, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA