Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davra suhbati mavzusi – O‘zbekiston va Xitoy hamkorligi
23:26 / 2025-12-20

Toshkentda “O‘zbekiston – Xitoy muloqoti: hamkorlik va umumiy rivojlanish modeli” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tashqi siyosiy tadqiqotlar va xalqaro tashabbuslar markazi tomonidan tashkil etilgan tadbirda mamlakatimizning yetakchi tahliliy markazlari, vazirlik va idoralarning tadqiqot tuzilmalari vakillari, shuningdek Xitoy Davlat kengashi huzuridagi Ekspertlar byurosi maslahatchilari delegatsiyasi hamda XXRning Toshkentdagi elchixonasi diplomatlari ishtirok etdi.

Qatnashchilar ikki davlat tahliliy markazlari o‘rtasidagi ilmiy-tahliliy va tadqiqot aloqalarining hozirgi holati hamda aloqalar ko‘lamini yanada kengaytirish istiqbolini muhokama qildilar.

Tahliliy tuzilmalar vakillari ekspertlar muloqotini kengaytirish zarurligini yakdil ma’qulladilar. Bu O‘zbekiston va XXR o‘rtasidagi strategik hamkorlikni amaliy mazmun bilan boyitishga xizmat qiladi.

Ekspertlar muntazam ravishda qo‘shma tadbirlar o‘tkazish, tashrif va malaka oshirish tadbirlari tashkil etish, shuningdek tadqiqot natijalarini maxsus nashrlarda e’lon qilishga kelishib oldilar.

G‘.Xonnazarov, O‘zA