Sun’iy intellekt asosidagi “Davr-On” virtual assistent ishga tushirilganidan keyin atiga bir necha soat davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasiga uning ishi bilan bog‘liq uch mingga yaqin murojaat kelib tushdi.
Soliq qo‘mitasi vaziyatni izohladi. Vazirlik o‘z xabarida “Davr-On” savollarga qoniqarli javob berish bilan birga noaniq yoki noto‘g‘ri javoblar ham berishi mumkinligini aytib o‘tgan. Yordamchini o‘qitish jarayoni yakunlanmagan, shu sababli uning barcha javoblari ham to‘g‘ri va to‘liq bo‘lmasligi mumkin.
Assistenga yuborilayotgan savollar uning tahlil qilish va zarur ma’lumotlarni izlash funksiyalarini takomillashtirishga imkon beradi. Agar javob qoniqarsiz bo‘lsa, foydalanuvchilarga qo‘mitaning matbuot xizmatiga murojaat qilish taklif qilinadi.
“Davr-On sizning ishonchli yordamchingiz bo‘lishga harakat qiladi. Ishonchimiz komilki, uning bilimi va qobiliyati kun sayin takomillashib boradi”, — deyiladi qo‘mita xabarida.
Roman BONDARCHUK tayyorladi, O‘zA