Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davosda Ukrainani tiklash bo‘yicha kelishuv imzolanishi so‘roq ostida turibdi
22:51 / 2026-01-23

Yevropa Komissiyasi Davosda Ukrainani tiklash bo‘yicha kelishuv imzolanishini tasdiqlay olmadi. Tuzilma vakili Giyom Merse so‘zlariga ko‘ra, YeI marosimda ishtirok etishni rejalashtirgan edi.

“Financial Times” gazetasi Jahon iqtisodiy forumi doirasida Ukraina, Yevropa va Qo‘shma Shtatlar tomonidan kelishilishi va shu hafta e’lon qilinishi kutilgan 800 milliard dollarlik Ukrainani tiklash rejasi keyinga qoldirilgani haqida yozgan.

Nashr ta’kidlashicha, bunga ehtimoliy sabab shuki, Trampning Grenlandiya va “Tinchlik kengashi” to‘g‘risidagi bayonotidan keyin AQSH va Yevropa davlatlari o‘rtasidagi munosabatida keskinlik yuzaga kelgan.

- Rejalashtirilgan tadbir haqida menda aniq ma’lumot yo‘q, - dedi Merse jurnalistlarning "Yevropa institutlari rahbarlaridan biri ishtirok etishni rejalashtirganmi, umuman marosim bo‘lib o‘tadimi?" degan savoliga javob berarkan.

S.Rahimov, O‘zA