French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlatobodlik ayolga 21 yil deganda tug‘ilganlik guvohnomasi berildi
10:45 / 2021-08-29

Turmush jarayonida hujjat ishlarini o‘z vaqtida hal eta olmaslik odamni ortiqcha ovora-yu sarson bo‘lishiga olib keladi.

Namangan shahrining Davlatbod tumanida yashovchi, asli farg‘onalik Laylo Toshmatova bu yil 21 yoshni qarshiladi. U bir qator sabablar bilan hali hamon tug‘ilganlikni qayd etish haqidagi guvohnoma hujjatisiz yashab kelayotgan edi. Bu orada turmushga chiqib, ikki nafar farzandning onasi bo‘ldi. Ayol bolalarini tug‘ruqxonadan olib chiqishda ham muammolarga duch kelganidan keyin o‘zining tug‘ilganlik guvohnomasini olish uchun tuman Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limiga murojaat qiladi. Uning murojaati qonuniy ko‘rib chiqilib, ijobiy hal etildi.

Eksterritoriallik tamoyili asosida guvohnoma rasmiylashtirilib, shaxsini tasdiqlovchi hujjati unga tantanali tarzda topshirildi. Laylo endilikda fuqarolik pasportini olganidan so‘ng, farzandlariga tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani ham rasmiylashtirishi mumkin.

– Ochig‘i, shuncha yil tug‘ilganlik guvohnomasi va pasportsiz yurib juda qiynaldim, – deydi Laylo Toshmatova. – Qay bir idoraga bormay, hujjatlarim yo‘qligi sabab ishim bitmasdi. Davlat xizmatlari agentligi va FHDYO bo‘limi menga yaqindan yordam berib, mustaqilligimizning 30 yilligi shodiyonasi arafasida tug‘ilganligimni qayd etib berishdi. Bundan juda xursandman.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA