English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlatobodda “Yoshlar bog‘i” barpo etilmoqda
12:13 / 2025-11-20

FOTOREPORTAJ

Namangan viloyati Davlatobod tumani Porloq mahallasida “Yoshlar istirohat bog‘i”ning qurilish va obodonlashtirish ishlari jadal davom etmoqda.

Respublika byudjetidan ajratilgan 7,8 milliard so‘m mablag‘ elektr tarmoqlarini yangilash, sug‘orish tizimini qurish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga ajratilishi belgilangan. Loyiha doirasida 75 ta yangi ish o‘rni yaratilishi, shuningdek, 35 nafardan ziyod tadbirkor faoliyatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

[gallery-26337]

Tuman hokimi qurilish ishlarining borishi bilan tanishib, jarayonni tez kunlarda yakunlab, ob’ektni rasmiy ochilish marosimiga tayyorlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Yaqin kunlarda “Yoshlar bog‘i” nafaqat mahalliy aholi, balki viloyat mehmonlari uchun ham qulay dam olish va ko‘ngilochar maskanga aylandi.

Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA