Davlatobodda yashil makon yaratishga kirishildi
Namangan viloyatining Davlatobod tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Yangi O‘zbekiston – yashil makonda birga yashaylik!” shiori ostida kuzgi daraxt ekish mavsumiga start berildi.
Ma’lumki, joriy yil 25 oktyabrdan 1 dekabrga qadar yurtimizda “Kuzgi daraxt ekish mavsumi” e’lon qilindi. Ushbu mavsum davomida tuman hududida 46 turdagi 135 ming tup manzarali va mevali daraxt va buta ko‘chatlari hamda qalamchalarni ekish belgilangan.
[gallery-14238]
Mavsum boshlanishi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda tuman hokimi, sektor rahbarlari, keng jamoatchilik ishtirok etdi. Unda barcha “Yangi O‘zbekiston – yashil makonda birga yashaylik!”, degan ezgu g‘oyani qo‘llab-quvvatlash hamda “Kuzgi daraxt ekish mavsumi”da faol qatnashishga chaqirildi.
O‘zA fotomuxbiri
Hotam Mamadaliyev olgan suratlar