English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlatobodda yangi uylar o‘z egalariga topshirildi
07:05 / 2022-09-03

FOTOREPORTAJ

Yurtimiz bo‘ylab bayram shukuhi kezib yurgan shu kunlarda Namangan viloyati Davlatobod tumanida yangi bunyod etilgan ko‘p qavatli uylar o‘z egalariga topshirildi.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov ishtirok etib, yig‘ilganlarni Mustaqilligimizning 31 yilligi bayrami hamda yangi uylarning foydalanishga topshirilishi bilan qutladi.

Mamlakatimizda so‘nggi yillarda davlat xizmatchilarini, ayniqsa yurtimizda jamoat tartibini saqlash va tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlash yo‘lida xizmat qilayotgan xodimlarni turar joy bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

[gallery-8629]

Davlatobod tumanining Tadbirkor mahallasida qurib bitkazilgan ushbu uylar uchun 74 milliard 452 million so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, “O‘zshaharqurilish Invest” MCHJ buyurtmasiga asosan pudratchi tashkilotlar “Land Hause” MCHJ va “Degrez Qurilish Savdo Sanoat Servis” xususiy korxonasi tomonlaridan qurib bitkazildi.

Davlat xizmatchilari yashashi uchun qurilgan uylar 3 yillik imtiyozli davri mavjud bo‘lib, 25 foizini davlat hisobidan qoplab beriladi.

Uzoq muddatli imtiyozli ipoteka krediti asosida berilgan ushbu turar joylar O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi bayramiga ajoyib tuhfa bo‘ldi.

 

 
Hotam MAMADALIEV (surat),O‘zA