Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlatobodda yangi “Turizm ko‘chasi” barpo etilmoqda
17:50 / 2025-10-04

FOTOREPORTAJ

Namangan viloyati Davlatobod tumanida aholi va tadbirkorlar uchun keng imkoniyatlar yaratadigan yangi “Turizm ko‘chasi” barpo etilmoqda. Uzunligi 3,1 kilometr bo‘lgan mazkur yo‘l tubdan yangilanib, zamonaviy infratuzilmalar bilan ta’minlanyapti. 

Ushbu ko‘cha bo‘ylab “Suv taraqqiyot” MCHJ tomonidan 315 millimetrli yangi suv tarmog‘i tortish ishlari bajarilmoqda. Bunga 10 dan ortiq maxsus texnika va 30 dan ziyod suvsoz mutaxassis jalb etilgan. Suv ta’minoti tizimi yangilanishi aholi va tadbirkorlar uchun uzluksiz yetib borishi nafaqat turmush sharoitini yaxshilaydi, balki tadbirkorlik hamda turizm sohasidagi imkoniyatlarni ham kengaytiradi. 

[gallery-25605]

Ta’kidlash joizki, mazkur ko‘chada zamonaviy yo‘l qurish, yoritish chiroqlari o‘rnatish, 109 ta xonadon va 286 ta noturar ob’ekt ta’mirlanishi hamda 20 ta yangi bino barpo etilishi rejalashtirilgan. 

Aholi va tadbirkorlar mazkur islohotlardan mamnun. Ularga ko‘ra, eng avvalo ushbu ishlar kundalik hayotda katta qulayliklar yaratib, turizm salohiyatini oshirishda ham muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. 

Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA