English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlatobodda yangi oilaviy poliklinika foydalanishga topshirildi
20:10 / 2025-12-25

FOTOREPORTAJ

Namangan viloyati Davlatobod tumanida aholiga sifatli tibbiy xizmatni yaqinlashtirish maqsadida navbatdagi muhim loyiha amalga oshirildi. Tumandagi 11-sonli oilaviy poliklinikaning yangi binosi  foydalanishga topshirildi.

Tantanali marosimda Davlatobod tumani hokimi Anvar Tojimirzayev, Namangan viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Abdilxodi Iminov, nuroniylar, jamoat faollari hamda sog‘liqni saqlash tizimi xodimlari ishtirok etdi.

[gallery-26913]

Mazkur poliklinika 2 milliard 757 million so‘m mablag‘ evaziga barpo etildi. Yangi binoda shifokorlar va tibbiyot xodimlari uchun qulay ish sharoiti, bemorlar uchun keng va yorug‘ qabul xonalari, diagnostika va profilaktika xizmatlari uchun zarur jihozlangan xonalar mavjud. Poliklinika hududdagi 21 ming 789 nafar aholiga birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatadi.

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA