English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlatobodda yana bir sport-sog‘lomlashtirish majmuasi ish boshladi
13:00 / 2023-03-25

FOTOREPORTAJ

Namangan viloyati Davlatobod tumani Nurobod dahasida “Astral” sport-sog‘lomlashtirish majmuasi foydalanishga topshirildi.

Aholini sog‘lom turmush tarzini yuritishga jalb etish,  jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishi uchun qulay sharoit yaratish maqsadida tashkil etilgan majmuaning qurilish va jihozlash ishlariga qariyb 6 milliard so‘m mablag‘ sarflandi.

[gallery-11134]

Majmua ochilishi bilan 15 kishi ishli bo‘ldi.

— Sport-sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlari uchun barcha sharoit muhayyo, - deydi majmua rahbari Ulug‘bek Aliyev. – Majmua bir vaqtning o‘zida 170 shug‘ullanuvchini qabul qilish imkoniyatiga ega. Maskan namanganliklar uchun Navro‘z ayyomida munosib tuhfa bo‘ldi.  

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA