Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlatobodda sumalak sayli
16:04 / 2025-02-25

FOTOREPORTAJ

Azaldan momolarimiz erta bahorda yurtimizda tinchlik-xotirjamlik, to‘kinlik bo‘lishini tilab doshqozonlarda sumalak tayyorlashgan. Ushbu bahoriy tansiq taom el-yurtga ulashilgan.  

Ko‘klam eshik qoqayotgan shu kunlarda Namangan viloyati Davlatobod tumanidagi Tadbirkor mahallasi faollari ham doshqozonga sumalak solishdi.  

Tadbirda nuroniylar duoga qo‘l ochib, yurtimizga tinchlik-xotirjamlik, oilalarga ahillik, mahallaga, yurtga obodlik va farovonlik tiladilar.

Sumalak sayli kishilarda birdamlik va ahillik hissini tarbiyalash bilan birga insonlarda mehr-oqibat, xayru saxovat kabi chin insoniy fazilatlarni shakllantirishga xizmat qiladi.

Bu kabi tadbirlar tumanning barcha mahallalarida davom etmoqda.

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA