French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlatobodda qurilish va obodonlashtirish ishlari jadallashmoqda
15:32 / 2026-02-18

FOTOREPORTAJ

Namangan viloyati Davlatobod tumanida qurilish va obodonlashtirish sohasidagi ishlar davomida “Namangan xalqaro aeroporti”da olib borilayotgan bunyodkorlik jarayonlari ko‘zdan kechirildi.

Aeroportda uch qavatli yangi terminal binosi qurilmoqda. Yangi terminal ishga tushgach, yo‘lovchi tashish quvvati 2,5 barobarga oshadi. Qurilish ishlari jadallashib, aeroport kun sayin yangi qiyofa kasb etib, belgilangan ishlar muddatida bajarilishi nazorat qilinmoqda.

Shu bilan birga, tumanning “Fazo Avenue” turar joy majmuasi qurilishi ham faol davom etayotir. Mazkur loyiha JBA GROUP tomonidan amalga oshirilmoqda. 6 gektar maydonda qurilayotgan majmuaning umumiy qiymati 50 million AQSH dollarini tashkil etadi.

[gallery-27724]

Loyiha doirasida 24 ta 10 qavatli uy, 1350 ta zamonaviy xonadon, sport va bolalar maydonchalari barpo etiladi. Shuningdek, hududda 500 o‘rinli xalqaro maktab, 300 o‘rinli maktabgacha ta’lim muassasasi, 800 ta avtomashina uchun avtoturargoh hamda 10 ming kvadrat metr maydonda zamonaviy do‘kon va restoranlar qurilishi rejalashtirilgan.

Loyiha to‘liq amalga oshirilganda, 1000 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda. “Fazo Avenue” majmuasi nafaqat Davlatobod tumani, balki butun Namangan viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.

Hotam MAMADALIEV olgan (surat), O‘zA