FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Davlatobod tumanida har birining quvvati 60 MVtga teng bo‘lgan 2 ta markaziy qozonxona, 64,0 km uzunlikdagi issiqlik tarmoqlari qurish va 400 ta individual issiqlik punkti o‘rnatish ishlari amalga oshirilib, 350 ta ko‘p qavatli uy va 37 ta ijtimoiy soha ob’ektini barqaror issiqlik bilan ta’minlash imkoniyati yuzaga keldi.
[gallery-8618]
Markaziy qozonxonalarning ishga tushirilishi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda Namangan viloyati hokimi Sh. Abdurazzaqov, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri Sh. Hidoyatov so‘zga chiqib, aholi turmush farovonligini yaxshilash yo‘lida qilinayotgan keng qamrovli ishlarga alohida to‘xtalib o‘tdilar. Shundan so‘ng qozonxonaning zamonaviy, raqamlashtirilgan tizimi, energotejamkor texnologiyalari ko‘zdan kechirildi.
Vazir boshchiligidagi mutasaddilar ramziy tugmani bosgan holda Davlatobodda ilk marta qozonxonalarni ishga tushirdilar.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA