Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlatobodda “Ikkinchi ustozlar milliy forumi” bo‘lib o‘tdi
16:31 / 2023-08-25

FOTOREPORTAJ

Namangan viloyati Davlatobod tumanidagi 92-umumta’lim maktabida “Sifatli ta’lim – kuchli jamiyat” mavzuida tuman maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi ta’lim muassasalari rahbarlari va pedagog xodimlarining “Ikkinchi ustozlar milliy forumi” bo‘lib o‘tdi.

Forumda 12 ta fan yo‘nalishida sho‘’ba yig‘ilishlari tashkil etilib, 300 nafar ilg‘or pedagog xodim ishtirok etdi.

Tadbirni ochib bergan tuman hokimi A. Tojimirzayev barchani mamlakatimiz mustaqilligining 32 yillik bayrami bilan qutlab, o‘tgan o‘quv yilida ta’lim sohasida erishilgan natijalar va qo‘lga kiritilgan yutuqlarni e’tirof etdi. Yangi o‘quv yili oldidan yangi rejalar, maqsadlar va vazifalar haqida to‘xtaldi.  

Forum doirasida faol soha xodimlarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Yoshlarning badiiy chiqishlari tadbirga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.  

[gallery-13258]

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA