Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlatobod tumani va Namangan shahrida ijtimoiy soha ob’ektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
11:03 / 2023-11-04

FOTOREPORTAJ

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari Bahriddin Valiyev Namangan viloyati Davlatobod tumanida bo‘lib, hududdagi ijtimoiy soha ob’ektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandi.

Bosh prokuror o‘rinbosari boshchiligidagi ishchi guruh dastlab tumandagi qozonxonada bo‘lib, qish mavsumiga tayyorgarlik holati bilan yaqindan tanishdi. 

Markaziy qozonxonadan 152 ta ko‘p qavatli uyning 7592 ta xonadoni va 18 ta ijtimoiy soha ob’ektiga issiqlik beriladi. Qozonxonadagi texnika va uskunalarning energiya tejamkorligi, yo‘qotishlar kamligi ta’kidlab o‘tildi.

[gallery-14390]

Shuningdek, mas’ullar Navbahor mahallasidagi ko‘p qavatli uylar, ijtimoiy soha ob’ektlari hamda aholi xonadonlari va ko‘p qavatli uylar yerto‘lasiga o‘rnatilgan ITP uskunalarining ishchi holatini ko‘zdan kechirdi. Ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholi bilan muloqot tashkil etilib, mavsumda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarning oldini olish bo‘yicha fikr almashildi. Aholi e’tirozlariga sabab bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf etish va belgilangan chora-tadbirlar sifatini oshirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi. 

Bosh prokuror o‘rinbosari B. Valiyev Namangan shahrida ham ijtimoiy soha ob’ektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandi.

Jarayonda Namangan shahar tug‘uruq kompleksida qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganilib, mas’ullarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va belgilangan chora-tadbirlar sifatini oshirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, ishchi guruh shahardagi “Barkamol avlod” kichik sanoat zonasida ham bo‘ldi.

O‘zA fotomuxbiri Hotam MAMADALIEV olgan suratlar