Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlatning kuch va qudrati adolatdadir
22:50 / 2025-04-09

Jizzax viloyatidagi barcha umumta’lim maktablari, texnikum va oliy o‘quv yurtlarida, teatr hamda muzeylarda buyuk bobokalonimiz, Sohibqiron Amir Temur tavalludining 689 yilligi keng nishonlanmoqda.

G‘allaorolda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tashabbusi bilan ulug‘ jahongir Amir Temurning tavallud kuniga bag‘ishlab “Davlatning kuch va qudrati adolatdadir!” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda ishtirokchilarga o‘quvchi- yoshlar tomonidan Sohibqiron sarkardaligida mo‘g‘ul bosqinchilarini Turon zaminidan butunlay haydab chiqargani, Hindistondan Yevropagacha bo‘lgan bepoyon hududda ulkan davlatni shakllantirib, uni adolat bilan boshqarganini aks ettiruvchi teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.  

Ayniqsa, tadbir davomida ishtirokchilar tumandagi 26-sonli umumta’lim maktabida tashkil qilingan Amir Temur tematik sinfi rahbari va shu ta’lim muassasasi tarix fani o‘qituvchisi Sh.Xubbimovning Amir Temur hayoti va faoliyati haqidagi ma’ruzasini katta qiziqish bilan tingladi.  

– “Temur tuzuklari”da keltirilishicha, Sohibqiron Amir Temur to‘rt vazirining har kuni devonxonada muqarrar hozir bo‘lishini amr qilib, ulardan uchinchisi kelib-ketayotganlar(savdogarlar va sayyohlar)ning mol-mulkidan olinadigan zakot va bojlarni omonat tarzida saqlovchi vazir hisoblangan ekan, – deydi Sh.Xubbimov. – Buyuk Temur savdo yo‘llari va savdogarlar manfaatlarini himoya qilishga alohida e’tibor qaratgan. Yevropa va Osiyo davlatlari  bilan nihoyatda keng qamrovda savdo-sotiq ishlari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, yaxshi qo‘shnichilikka alohida e’tibor qaratgan. Movarounahrning iqtisodiyoti, madaniyati, ilm- fani ravnaqiga juda ulkan hissasini qo‘shgan.

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat),

O‘zA muxbirlari