English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlatimiz rahbari Yaponiyaga keldi
20:07 / 2019-12-17

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-dekabr kuni Yaponiyaga rasmiy tashrif dasturidagi birinchi manzil - Nagoya shahriga keldi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-dekabr kuni Yaponiyaga rasmiy tashrif dasturidagi birinchi manzil - Nagoya shahriga keldi.

Tyubu xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Yaponiya rasmiy doiralari vakillari kutib oldi.

Yaponiya - Oʻzbekistonning strategik sherigi. Bundan 28 yil muqaddam – 1991-yil dekabr oyida Kunchiqar mamlakat Oʻzbekiston mustaqilligini birinchilardan boʻlib tan olgan edi. 1992-yil yanvar oyida mamlakatlarimiz oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatilgan. Shundan buyon doʻstlik va oʻzaro hamkorlik munosabatlari izchil rivojlanib, mustahkamlanib bormoqda.

Tashrifning asosiy tadbirlari 18-dekabr kuni boshlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Nagoya va Tokio shaharlarida qator ikki tomonlama uchrashuv va tadbirlar oʻtkazadi.

Nagoyada Aichi prefekturasi va shahar meriyasi rahbarlari bilan muzokaralar boʻlib oʻtadi. Shuningdek, Nagoya universitetiga tashrif buyurish koʻzda tutilgan.

Shu kuniyoq Yaponiya Bosh vazirining oʻrinbosari, moliya vaziri Taro Aso, “Oʻzbekiston-Yaponiya” parlamentlararo doʻstlik ligasi faollari hamda Yaponiyaning yetakchi kompaniya va banklari vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.