Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlatimiz rahbari sohadagi korxonalar rahbarlari muammolari va takliflarini eshitdi
13:31 / 2024-05-10

Prezident raisligida mahalliy sanoat tarmog‘idagi ichki imkoniyatlarni safarbar etish orqali aholini ishli va daromadli qilish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Davlatimiz rahbari sohadagi korxonalar rahbarlari bilan muloqot qilib, ularning muammolari va takliflarini eshitdi

Mutasaddilarga:

– ishlab chiqaruvchilarga Yevropa bozorlariga chiqish uchun talab etiladigan sertifikat olishiga ko‘maklashish;

– xorijiy davlatlardagi savdo uylarida milliy charm, gilam va ipak mahsulotlarini ham joylashtirish, yangi savdo uylarini ochish;

– Andijon, Samarqand, Xorazm va Toshkent viloyatlarida o‘rta bo‘g‘in xodimlarini 6 oyda tayyorlaydigan markazlarni tashkil qilish;

– Kooperatsiya portalida faqat haqiqiy ishlab chiqaruvchilar qatnashadigan tartibni joriy qilish  va tadbirkorlar ko‘targan boshqa masalalar yechimi bo‘yicha taklif kiritish topshirildi.

 

O‘zA