Davlatimiz rahbari Paralimpiya o‘yinlarida yurtimiz sharafini himoya qilgan sportchilar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda
Ko‘ksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyev Parijdagi Paralimpiya o‘yinlarida yurtimiz sharafini himoya qilgan sportchilar, ularning ota-onalari va murabbiylari bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.
–Siz, aziz sportchilar Fransiyaning Parij shahrida bo‘lib o‘tgan 17-yozgi Paralimpiya o‘yinlarida rekord natijalarga erishib, mamlakatimizga mana shunday bayram ruhini olib keldingiz. Barchangizni olamshumul yutuq va natijalaringiz bilan o‘z nomimdan, el-yurtimiz nomidan chin yurakdan samimiy tabriklayman, – dedi davlatimiz rahbari so‘zining avvalida.
O‘zA