Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlatimiz rahbari mintaqamizda taraqqiyot va barqarorlik masalalariga to‘xtaldi
14:48 / 2021-09-02

- Yangi O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishi – Markaziy Osiyo mintaqasida do‘stona va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash hamda bu makonda farovonlik, tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashdir.

Bu borada, biz, birinchi galda, Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida savdo aloqalarini kengaytirish, sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish, suv va energetika resurslaridan birgalikda foydalanish, masalalariga katta ahamiyat qaratayapmiz.

Ikkinchidan, tarixdan ma’lumki, mintaqamiz Sharq va G‘arb, Shimol va Janub o‘lkalarini bog‘lagan muhim hudud sifatida tanilgan.

Bu borada Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlarining o‘zaro bog‘liqligini kuchaytirish, ayniqsa, yangi transport koridorlarini rivojlantirish orqali   ushbu mintaqalardagi iqtisodiy o‘sish hamda aholining hayot darajasini oshirishni    maqsad qilib olganmiz.

Uchinchidan, Afg‘onistonda siyosiy barqarorlikni o‘rnatish va iqtisodiyotni tiklash   – mintaqaviy xavfsizlik va taraqqiyotning ishonchli omilidir.

O‘zbekiston doimo bu mamlakatdagi vaziyatni   tinch yo‘l bilan hal etish tarafdori bo‘lib kelgan. Va hozirgi murakkab sharoitda ham   jafokash afg‘on xalqiga qo‘limizdan kelgan barcha zarur yordamni ko‘rsatib kelmoqdamiz, dedi Shavkat Mirziyoyev.