Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlatimiz bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan sport musobaqasi tashkil etildi
11:59 / 2020-11-18

18 noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan bojxona organlari xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy tayyorgarligini yanada oshirish va ularning salomatligini mustahkamlash maqsadida sport musobaqasi tashkil etildi.

Bojxona institutida bo‘lib o‘tgan mazkur sport musobaqasida ishtirokchilar sportning stol tennisi, yugurish va turnikda tortinish turlari bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdi.

Tadbirda mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni isloh qilish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish davlat siyosatining muhim yo‘nalishiga aylanganligi ta’kidlandi.

Qayd etilganidek, “5 ta muhim tashabbus” va “Yangi O‘zbekiston - Yangi dunyoqarash” shiori ostida shaxsiy tarkibning sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligi darajasini oshirish hamda ommaviy sportni yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

- Musobaqa davomida Davlat bojxona qo‘mitasi tizimida xizmat qilayotgan xodimlar sport bilan qay darajada yaqin ekanliklari yaqqol sezildi, - dedi O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi mas’ul xodimi Ravshan Maxmadaliyev.- Ulardagi intizom, shijoat va sportga bo‘lgan mehr barchamizni lol qoldirdi. Bunday tadbirlarni muntazam uyushtirish maqsadida bojxona organlari mutasaddilari bilan ham o‘zaro kelishib oldik.

Tadbirda musobaqa qatnashchilari va Bojxona instituti shaxsiy tarkibiga aholini ommaviy tarzda jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish, xodimlar hamda ularning oila a’zolarini sog‘lomlashtirish borasidagi ustuvor vazifalar mohiyati haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, bojxona xodimlari O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi va tarmoq kasaba uyushmasi respublika kengashi tashabbusi bilan respublika miqyosidagi sport musobaqalariga jalb etilishi belgilandi.

Musobaqa g‘oliblari maxsus diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 

D. Mamatova, O‘zA