Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlatimiz bayrog‘i qabul qilingan kun keng nishonlanmoqda
12:25 / 2025-11-19

Nukus shahri markazidagi maydonda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilingan kun munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Unda vazirliklar, huquq-tartibot idoralari xodimlari, harbiylar, yozuvchi-shoirlar, san’at arboblari, talaba-yoshlar, jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.  

[gallery-26317]

Dastlab O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikalarining davlat madhiyalari yangradi.  

Bayram tadbirida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayev so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashi nomidan samimiy muborakbod etdi.

Ta’kidlanganidek, yurtimiz bayrog‘i ezgulik, donishmandlik, poklik, sadoqat, go‘zallik, tinchlik, yangilanish kabi tuyg‘ularni o‘zida mujassam etgani bilan ahamiyatlidir. Shunday ekan, yurtimiz bayrog‘ini ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash, uni ulug‘lash va yuksaklarga ko‘tarish  har birimiz uchun ona Vatan oldidagi farzandlik burchimizdir.

So‘nggi yillarda mamlakatimiz bayrog‘i ostida xalqimiz hayotida, insonlarning ma’naviy olamida yangilanishlar yuz bermoqda. Bunda Prezidentimizning g‘oyalari, boshlab bergan ezgu ishlari, belgilab bergan muhim vazifalari hayotimizda alohida o‘rin egallaydi. Bugungi kunda farovon hayotimizni ta’minlash yo‘lida yurtimizning barcha hududlari qatori Qoraqalpog‘istonga ham chin ma’noda rivojlanishlar, yangilanishlar davri sifatida katta e’tibor qaratilayotgani buning yaqqol misoli bo‘la oladi.

Tantanali tadbirda san’at ustalarining bayram konsert dasturi namoyish etildi.  

Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev, O‘zA muxbirlari