Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlatdan subsidiya olgan tadbirkor 18 nafar ayolni doimiy ish bilan ta’minladi
08:54 / 2023-01-24

Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanining "Chekmirzaobod" mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Mavjudaxon Ernazarova kasanachilik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan tadbirkor ayol. U "Diyor-Davron Ziyo Nur" oilaviy korxonasi faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari"da ro‘yxatga olingan, "Ijtimoiy himoya yagona reyestri"ga kiritilgan 18 nafar xotin-qizlar bilan mehnat shartnomasini tuzdi.

Tabiiyki, ish beruvchi o‘z xodimlarini kerakli asbob-uskuna va vositalar bilan ta’minlashi zarur. Tadbirkor Mavjuda Ernazarova shuni inobatga olib, 89 million 500 ming so‘m evaziga 3 turdagi 18 ta tikuv mashinalarini xarid qildi. Prezidentimizning 2022 yil 21 apreldagi "Kasanachilikni rivojlantirish asosida aholi bandligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori asosida ushbu uskunalar xaridi xarajatlarining 50 foizi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hisobidan qoplab berildi.

- Korxonamizda katta va kichik yoshdagilar uchun qishki-yozgi kiyimlar, kelinlar liboslari va sarpolari hamda yangicha dizayndagi pardalar tikiladi, - deydi M.Ernazarova. - Yangi tikuv mashinalarini sotib olish xarajatlarining teng yarmini qoplab berish uchun subsidiya ajratilgani menga juda katta ko‘mak bo‘ldi. Nasib bo‘lsa, bundan keyin ham faoliyatimizni bosqichma-bosqich kengaytirib boramiz.  

Tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan o‘tgan yilda 61 nafar fuqaroga 188 million 400 ming so‘m mablag‘ subsidiya tariqasida ajratilib, ularning bandligi ta’minlangan. Shuningdek, 608 nafar fuqaro kasbga o‘qitish va qayta tayyorlash kurslariga jalb etildi.

 

M.Sulaymonov, O‘zA