Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat xususiy sheriklik munosabatlari taraqqiyotga xizmat qiladi
12:47 / 2021-06-17

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi oldidan

Qadimdan ajdodlarimiz bola tarbiyasi, uning bilim olishiga alohida e’tibor bilan qaragan. Ertamiz egalarini har tomonlama barkamol qilib shakllantirish kechiktirib bo‘lmaydigan vazifadir.  

bugungi kunda Navoiy viloyatida 871 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyat yuritib, shundan 204 tasi davlat va 667 tasi nodavlat (7 tasi xususiy, 68 tasi davlat-xususiy sheriklik asosida va 592 ta oilaviy) MTTlardir.

3-7 yoshdagi bolalar soni esa 80 671 nafarni tashkil etib, ularning 63 141 nafari yoki 78,3 foizi maktabgacha ta’lim bilan qamrab olingan bo‘lib, uning 30,7 foizi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari ulushiga to‘g‘ri keladi.

– Tahlillarga ko‘ra, viloyatda 2017 yil oxirida maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni 132 ta, 3-7 yoshli bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrovi 34,1 foizni tashkil etgan, – deydi viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i O‘tkir Tillayev. – Olib borilgan amaliy ishlar natijasida, hozirda bu ko‘rsatkich 78,3 foizga yetkazildi va qamrov darajasi 44,2 foizga oshdi. 2018-2021 yillar davomida 74 ta davlat va 667 ta nodavlat (shundan, 592 tasi oilaviy) MTTlari yangidan tashkil etildi. Yil yakuniga qadar 3-7 yoshli bolalar qamrovini 100 foizga yetkazish rejalashtirilgan.

Viloyat bo‘yicha 6 yoshdagi bolalar soni 19 ming 925 nafarni tashkil etib, ularning 15 ming 190 nafari yoki 76,2 foizi maktabgacha ta’lim bilan qamrab olingan.  

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 9 martdagi “Bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida viloyatda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida, kollej hamda maktab binolarida jami 222 ta majburiy bepul maktabga tayyorlov guruhlari tashkillashtirilib, 5828 nafar bola 6 yoshlik majburiy bir yillik ta’lim bilan qamrab olindi va bu guruhlarga 170 nafar tarbiyachi biriktirildi.

Viloyatda davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish bo‘yicha maqsadli chora-tadbirlar amalga oshirilib, 756 ta, shundan, 83 ta yirik loyihalar bo‘yicha va 673 ta oilaviy bog‘chalar bo‘yicha bitim imzolangan. Ularning umumiy quvvati 25 ming 580 o‘rinni tashkil etadi.

– Hozirda 83 ta yirik loyihaning 72 tasiga “Turonbank” ATB Navoiy filiali tomonidan jami 149 milliard 996 million so‘m imtiyozli kreditlar ajratilgan bo‘lib, uning 146 milliard 700 million so‘mi yoki 97,8 foizi o‘zlashtirilgan, – deydi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Feruza Idiyeva. – bugungi kunda imtiyozli kredit olgan davlat xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining 7 tasi foydalanishga topshirilmagan bo‘lib, ularning barchasida qariyb 80-90 foizlik ishlar bajarilgan va ularni 1 oktyabrga qadar to‘liq foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Shu bilan birga, hozirda bitim imzolagan jami quvvati 955 o‘rinli 9 ta xususiy sheriklarga 22 milliard 508 million so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilmasdan kelayotganligi natijasida, ushbu loyihalarni amalga oshirish va foydalanishga topshirish kechikmoqda.  

[gallery-2823]

Ayni paytda 667 ta nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga 19 ming 429 nafar bola qamrab olingan. Ushbu nodavlat MTTlarning umumiy quvvati 21 ming 325 o‘rin bo‘lib, jami quvvatga nisbatan foydalanish koeffitsiyenti 91,1 foizni tashkil etmoqda.  

Shuningdek, hozirda davlat xususiy sheriklik asosidagi nodavlat MTTlarni tashkil etish istagini bildirgan jami 169 ta loyiha tashabbuskorlari mavjud bo‘lib, ularning umumiy quvvati 6850 o‘rinni (3350 o‘rini yirik loyihar va 3500 o‘rini esa oilaviy bog‘chalar bo‘yicha) tashkil etadi.

– bugungi kunda Nurota tumanida 59 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti mavjud bo‘lib, ularning 18 tasi davlat va 41 tasi nodavlat MTTlarini tashkil etadi, – deydi tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri Saodat Radjabova. – Tumanda 2018-2021 yillar davomida 7 ta davlat va 41 ta nodavlat MTTlari yangidan tashkil etildi. Natijada 2018 yilga nisbatan bolalarni bog‘chaga qamrab olish darajasi 41,9 foizga oshdi va bugungi kunda bu ko‘rsatkich 63 foizga yetkazildi.

Yil yakuniga qadar, davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari ulushini kengaytirish maqsadida yana 30 ta oilaviy nodavlat MTT tashkil etish hamda buning evaziga tumanda bolalarni bog‘chaga qamrab olish darajasini 80 foizdan oshirish rejalashtirilgan.  

– Davlat xususiy sheriklik asosidagi "Umidli yoshlar maskani" nomli maktabgacha ta’lim muassasamiz 150 o‘rinli bo‘lib, 2019 yil iyun oyida faoliyat boshlagan, – deydi MTT direktori Lutfiya Haydarova. – Dastlab faoliyatimizni 100 nafar tarbiyalanuvchi bilan boshlagan bo‘lsak, bugungi kunda 170 nafar tarbiyalanuvchimiz bor. Bog‘chamizda 2 tasi rus tili, 1 ta ingliz tiliga ixtisoslashtirilgan guruh mavjud. Bog‘chamizda mental arifmetika, gimnastika, shaxmat-shashka to‘garaklari tashkil etilgan. Shuningdek, 6-7 yoshli tarbiyalanuvchilarning savod chiqarishlariga katta e’tibor qaratilgan. Tashkilot tarbiyalanuvchilari va pedagoglari tuman ko‘rik tanlovlarida muntazam ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni egallab kelmoqda.  

bugungi kunda viloyat bo‘yicha tizimda 4077 nafar pedagog faoliyat ko‘rsatib, ularning 1662 nafari oliy va 2415 nafari o‘rta maxsus ma’lumotli xodimlardir. Yil yakuniga qadar 686 nafar rahbar va pedagog xodimlarning malaka oshirish kursalariga jalb etilishi belgilangan bo‘lib, shu kunga qadar ularning 380 nafari tegishli tartibda malaka oshirish kurslarida ishtirok etdi. 23 nafar xodim esa maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida tashkil etilgan qayta tayyorlov kurslariga jalb etildi.  

Davlatimiz tomonidan maktabgacha ta’lim tizimiga, asosan davlat xususiy sheriklik aosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatiga berilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlikning zamirida o‘z fikriga va dunyoqarashiga ega, kelgusida yurt tinchligi, Vatan taraqqiyoti va el farovonligi yo‘lida xizmat qiladigan avlodni tarbiyalash maqsadi mujassam.

 

Abduvali Bo‘riyev, Siroj Aslonov (surat), O‘zA