Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat xizmatlari markazlarining barcha resurslari fuqarolarga yordam rejimiga o‘tkazildi
15:42 / 2023-01-16

So‘nggi kunlarda yurtimizda kuzatilayotgan anomal sovuq va uning oqibatlarini yengillatish uchun Respublikamizdagi, jumladan Samarqand viloyatidagi barcha davlat xizmatlari markazlarida fuqarolarning og‘irini imkon qadar yengillatish maqsadida qator qulayliklar joriy etildi.

Birinchi, fuqarolar biron ish bilan DXM yaqinida tashqarida turib qolsalar – hatto DXMlarda ishi bo‘lmasa ham – ichkariga kirib isinib olishlari mumkin: ularga bir piyola issiq choy, shinam kutish zallari hozir.

Ikkinchi, barcha DXMlarga tashrif buyurayotgan (Toshkent shahri mustasno) pensioner, nogiron, yosh bolali fuqarolarni xizmat avtomashinasi Damaslarda zarur hollarda avtobuslar bekati, shahar yoki tuman markazi, uyiga qadar yetkazib qo‘yish to‘g‘risida rahbariyat tomonidan topshiriq berildi.

Uchinchi, barcha DXMlar energiyatejamkor rejimda ishlamoqda: kunduz kuni chiroqlar yoqilmaydi, faqat kompyuter va fuqarolarga ma’lumot beruvchi tablolar ishlaydi.

Shuningdek, davlat xizmatlarini ko‘chaga chiqmay, uydan turib olish imkoniyatlari ham yana bir bor eslatiladi,

my.gov.uz, license.gov.uz.uz hamda new.birdarcha.uz portallari orqali uydan chiqmagan holda elektron davlat xizmatlaridan foydalaning.

Masalan, my.gov.uz orqali:

– sanatoriylarda davolanish yo‘llanmasini olish;

– masofadan turib bolani bog‘chaga navbatga qo‘yish va navbatni tekshirish;

– nikohdan o‘tishga onlayn ariza topshirish mumkin.

«Litsenziya» (http://license.gov.uz/) axborot tizimi orqali litsenziyalash va ruxsat berish hujjatlari uchun ariza berish, kabinet orqali tashkilotga tegishli ma’lumotlarni olish, litsenziyalar reyestridan ma’lumotlar izlash imkoniyatlari mavjud.

Biznesni new.birdarcha.uz orqali uydan chiqmagan holda oson va tez boshlash imkoni yaratilgan.

Davlat xizmatlari markazlari fuqarolarga imkon qadar mehr va iliqlik ulashish niyatida harakat qilmoqda.

O‘zA