Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat xizmatlari markazlari faxriylardan hol so‘radi
18:57 / 2021-05-04

Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan davlat xizmatlari agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi tashabbusi bilan viloyatning barcha tuman va shahar davlat xizmatlari markazlari hamda FHDYO bo‘limlari xodimlari urush va mehnat fronti qatnashchilari xonadonida bo‘lib, ularning holidan xabar olmoqda. Faxriylar hamda ular oila a’zolarining davlat xizmatlariga bo‘lgan talab-ehtiyojlari o‘rganilib, zarur xizmatlar ko‘rsatilmoqda.

Jumladan, Samarqand shahar davlat xizmatlari markazi va FHDYO bo‘limi vakillari Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari – Mixail Kolmagorov, Jumaboy Hasanov va Yevgeniy Soldatovning xonadonlarida bo‘lib, ularni g‘alabaning 76 yilligi bilan tabrikladi. Faxriylarning oila a’zolariga davlat xizmatlaridan masofadan turib foydalanish bo‘yicha tushuntirish berildi.

Urush qatnashchilari frontda ko‘rsatgan jasoratlari va urushdan keyingi davrdagi mehnat faoliyati haqida gapirib berdi. bugungi tinch-osoyishta kunlarning qadriga yetish, asrab-avaylash kerakligini ta’kidlashdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, fashizmga qarshi janglarda 152 mingdan ko‘proq samarqandliklar ishtirok etgan. Ularning 73 ming nafariga ona-yurtiga qaytib kelish nasib etmagan. Samarqand shahridagi Xotira maydonidagi lavhalarda 48 500 nafardan ortiq ota-bobolarimiz nomlari yozilgan.

G‘.HASANOV, O‘zA