Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat xizmatlari markazidan hamkorlar mamnun
13:43 / 2020-01-03

Mana 2020-yilning birinchi ish kuni ham Navoiy shahar Davlat xizmatlari markaziga xorijlik investorlar tashrifi kuzatildi.


Mana 2020-yilning birinchi ish kuni ham Navoiy shahar Davlat xizmatlari markaziga xorijlik investorlar tashrifi kuzatildi. Navoiy viloyatida birinchi bor paxta toʻqimachilik klasterini tashkil etish uchun xorijlik ishbilarmonlar oʻzbek tadbirkorlari bilan biznesga qoʻl urishdi.

Biznesni roʻyxatdan oʻtkazish uchun kelgan hamkorlarga eksterritorial xizmat koʻrsatildi. Chet ellik investorlar Karmana tumanida paxta toʻqimachilik klasterini bunyod etish niyatida kelishgan.

Olingan maʼlumotlarga koʻra, eronlik ishbilarmonlar tumandagi 18 ming gektar yerga goʻza urugʻini qadab, oq oltin hosil koʻtarish, toʻqimachilik fabrikalarida esa hosilni ip holiga keltirib, tayyor mahsulotni jahon bozoriga chiqarish maqsadini koʻzlagan.

Paxta-toʻqimachilik klasterlari mamlakatimiz rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlaridan biridir. Davlatimiz rahbari qishloq xoʻjaligida qayta ishlashni va sanoatni rivojlantirmasdan koʻzlangan maqsadga erishib boʻlmasligini doimo taʼkidlaydilar.

Chet ellik hamkorlarning aytishicha, paxtamiz rangi, tolasining uzunligi, pishiqligi, koʻrsatkichlari bilan xalqaro standartlarga toʻla javob beradi. Bu uning jahon tola bozorida xaridorgirligini taʼminlaydigan eng muhim jihatlardan. Eng muhimi, koʻplab yangi ish oʻrinlari yaratiladi.

Paxta yetishtirish va toʻqimachilik sohasida ilmiy, nazariy va amaliy ishlarning bilimdonlari boʻlgan eronlik olim va tadbirkorlar “CEDRUS KARMANA AGRO CLUSTER COMPANY” masʼuliyati cheklangan qoʻshma korxonasini tashkil etishdi. Bu borada xorijlik hamkorlarga markaz xodimlari “yashil yoʻlak” tamoyili asosida sifatli davlat xizmati koʻrsatdilar. Ota bola Pilexvaran Hamid Reza va Amir Muhammadlar yurtimizda chet ellik tadbirkorlarga qoʻrsatilayotgan ehtirom va imkoniyatni eʼtirof etishdi.

Anvar SAFAROV,
Navoiy shahar DXM direktori.