French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat xizmatlari markazi uchun yangi bino
09:56 / 2022-10-26

Buxoro viloyati Jondor tumani Davlat xizmatlari markazining yangi binosi ish boshladi.

Binoning ochilish marosimida tuman hokimi S.Hikmatov boshchiligida sektor rahbarlari, adliya boshqarmasi mutasaddilari, jamoatchilik vakillari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.

Davlat xizmatlari agentligining tashkil etilishi bilanoq uning tarkibiga kiruvchi markazlarda fuqarolarga xizmat ko‘rsatish standartlariga yuqori talablar belgilangan. Mazkur markaz qisqa fursatda eng kerakli davlat xizmatlarini qulay va ortiqcha vaqt va pul sarflamasdan olish mumkin bo‘lgan unikal maskan sifatida faoliyat yuritadi.

Yangi markaz o‘zining noan’anaviy arxitektura yechimiga ega. Bundan tashqari, quruvchi va arxitektorlar aholiga barcha qulayliklarni yaratishga alohida e’tibor qaratgan. Shu bois interer yechimi ham xizmat oluvchilarga yaxshi kayfiyat bag‘ishlaydi.

Zal bo‘ylab o‘rnatilgan belgilar davlat xizmatini olishingiz uchun qadamma-qadam yo‘naltiradi. Elektron navbat olish uchun infokiosk ishlab turibdi. Talonni olib kutish zalidagi shinam o‘rindiqlarga joylashishingiz mumkin. Monitorlar navbatingiz kelgani haqida xabardor qilib, qaysi qabul oynasiga o‘tish kerakligi ko‘rsatadi.

Endilikda markazda bir vaqtning o‘zida 20 nafar, bir kunda 600 nafar fuqaroga xizmat ko‘rsatiladi. Zamonaviy jihozlangan keng va yorug‘ xonalar, kutish zallari, bolalar maydonchasi, infolend, kutubxona, kassa, fuqarolarga bepul huquqiy maslahat berish burchagi, tibbiyot xonasi, e-auksion va oshxona mijozlarning xizmatlar bilan bog‘liq har qanday og‘irini yengil qiladi.



Zarif Komilov, O‘zA