Davlat xizmatlari ko‘rsatiladigan elektron bazalar faoliyati cheklanadi
Adliya vazirligidan ma’lum qilishlaricha, 21-mart soat 21:00 dan 23-mart soat 09:00 ga qadar Davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimi, «Notarius» avtomatlashtirilgan axborot tizimi, Litsenziya va Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimlari orqali xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari vaqtincha cheklanadi.
Sababi, 21–24-mart kunlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali joylashgan server qurilmalarini "Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi" davlat muassasasining Ma’lumotlarni qayta ishlash markaziga ko‘chirish hamda Soliq qo‘mitasi veb-resurslari faoliyatini optimallashtirish va serverlar imkoniyatlarini kengaytirish ishlari olib boriladi.
Savollar bo‘lsa, qo‘shimcha ma’lumot zarur bo‘lsa, «1008» va «1148» raqamiga murojaat qilish mumkin.
O‘zA