English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat xizmatlari ko‘rsatishning namunaviy reglamenti kerakmi?
14:00 / 2019-10-31

Endilikda mazkur loyiha bilan barcha xizmatlarni joriy etish uchun asos bo‘luvchi bitta namunaviy ma’muriy reglament bo‘ladi xolos.


Joriy yilning Davlat dasturida ma’muriy tartiblarni tizimlashtirish va soddalashtirish, bunda mavjud tartib-taomillarni xatlovdan o‘tkazib, yagona hujjatda jamlash hamda alohida qabul qilingan reglament va qarorlarni bekor qilishni nazarda tutuvchi qaror loyihasini ishlab chiqish vazifasi belgilangan.

Uning ijrosini ta’minlash uchun Davlat xizmatlari agentligi tomonidan Vazirlar Mahkamasining “Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi ishlab chiqildi.

Mazkur qaror bilan Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz portali orqali davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti hamda DXMlar tomonidan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari Ro‘yxati tasdiqlanmoqda.

Bugungi kunga qadar Markazlarimiz orqali ko‘rsatilayotgan xizmatlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5278-sonli Farmoni talablaridan kelib chiqib Ma’muriy reglamentlarni qabul qilish orqali joriy etib kelinayotgan edi.

Endilikda mazkur loyiha bilan barcha xizmatlarni joriy etish uchun asos bo‘luvchi bitta namunaviy ma’muriy reglament bo‘ladi xolos.

Namunaviy tartib bo‘ladimi, bo‘lmaydimi, bizga nima farqi bor, deysizmi?

Hamma gap shundaki, bugungi kunda, DXMlarda davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi 100 dan ortiq ma’muriy reglamentlar bilan tartibga solingan. Fuqarolarimiz ushbu normativ hujjatlarni to‘liq tushunishi va o‘rganishi uchun vaqt talab etiladi. Bundan tashqari, huquqiy tartibga solish tizimi haqida yaxlit tasavvurga ega bo‘lish va hujjatlarni taqqoslash uchun maxsus huquqiy ko‘nikmalar kerak bo‘ladi.

Namunaviy reglament bilan esa bu jarayonlar ancha oson kechadi. Ya’ni, ushbu hujjat davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun asosiy ma’lumotlar — uning tartibi, davlat boji, muddati haqidagi ma’lumotlar endi bitta joyda jamlanadi.

Fuqarolar esa endi turli xil hujjatlarni o‘rganishlari shart bo‘lmaydi.

Shuningdek, ushbu normativ-huquqiy hujjat bilan eng avvalo, ortiqcha tartib-taomillarni bartaraf etish, muddatlarni optimallashtirish, vakolatli davlat organlari va boshqa tashkilotlar zarur hujjatlar va axborotlarni boshqa tuzilmalardan mustaqil ravishda olish tartibi belgilanadi.

Xususan, Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan dori vositalarini chakana realizatsiya qilish uchun litsenziya berish vakolati viloyat hokimligi zimmasiga yuklatilgan.

Qarorga ko‘ra dori vositalarini chakana savdo qilish uchun litsenziya berish davlat xizmatlarini ko‘rsatishda amaliyotda bir qator muammolar mavjud, jumladan:

– mazkur dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishga litsenziya berish jarayoni to‘liqligicha ishchi organ (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahri Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi) zimmasiga yuklatilganligi sababli, amalda davlat xizmatini ko‘rsatish jarayonida mahalliy hokimliklarning o‘rni yo‘q;

– amaliyotda hududiy komissiyalar to‘g‘risidagi nizomda belgilanganidek hududiy komissiyaning majlislari o‘tkazilmasdan Komissiyaning barcha a’zolariga Ishchi organ xodimi tomonidan hujjatlar ularning ish joylariga bir necha marotaba borilib katta qiyinchiliklar bilan imzolatilmoqda va natijada muddat buzilish holatlariga yo‘l qo‘yilmoqda.

Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun litsenziya berish davlat xizmati amalda komissiya tomonidan emas, balki Sog‘liqni saqlash vazirligining hududiy boshqarmasi (Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi viloyat hududiy boshqarmasi) tomonidan bajarilmoqda.

Nodavlat ta’lim muassasalarining chet tillarini o‘rganish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish sohasida faoliyat ko‘rsatishi huquqi uchun litsenziya berishda ham amaliyotda xuddi shu kabi holatlar kuzatilayotganligi sababli mazkur xizmatlarni ko‘rsatish vakolatini viloyat hokimliklaridan tegishli ravishda Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga berish loyihada aks etgan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, loyiha bilan Hukumat tomonidan qabul qilingan 122 ta normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish kiritilmoqda.

Ushbu normativ-huquqiy hujjat loyihasiga fikr-mulohaza va takliflaringizni qo‘yidagi havola orqali bildirish

ingiz mumkin: https://regulation.gov.uz/uz/document/9624