Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat xizmatlari bo‘yicha BMT Global forumi bo‘lib o‘tmoqda
13:00 / 2024-06-25

Koreya Respublikasida Davlat xizmatlari bo‘yicha BMT Global forumi bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston delegatsiyasi, jumladan, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi mas’ul xodimlari ham ishtirok etmoqda.

Aytib o‘tish kerakki, BMT Xalqaro forumi 2003 yildan buyon har yili o‘tkazib kelinadi. Forum doirasida BMTning davlat xizmati uchun nufuzli xalqaro mukofoti (UNPSA) har ikki yilda bir marta beriladi. Hozirgacha mukofot 82 mamlakatga 250 dan ortiq tashabbus uchun topshirilgan.

Forumning maqsadi – davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish, iste’dodlarni davlat xizmatiga jalb etish, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda raqamlashtirish imkoniyatlaridan foydalanish sohasida ilg‘or tajriba, g‘oyalar va innovatsiyalar almashinuvi uchun yuqori darajadagi global platforma yaratishdan iborat.

Ma’lumot uchun, 2025 yil 24-26 iyun kunlari Davlat xizmatlari bo‘yicha BMT Global forumi Samarqand shahrida bo‘lib o‘tishi belgilangan. Unga dunyoning turli mamlakatlaridan 450 nafargacha ishtirokchini jalb etish rejalashtirilgan.

N.Abduraimova, O‘zA