Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat xizmatini rivojlantirishga oid O‘zbekiston tajribasi Turkiyada ijobiy baholandi
11:25 / 2022-07-29

Turkiyaning Istanbul shahrida Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo va kuzatuvchi davlatlarning inson resurslari bo‘yicha tegishli idora va tashkilotlari rahbarlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Turkiya Respublikasi Prezidenti huzuridagi Inson resurslari idorasi tashabbusi bilan tashkil etilgan yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi delegatsiyasi ham ishtirok etdi.  

Tadbir davomida turkiy davlatlarning davlat xizmatida inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish masalalari muhokama qilindi. Bu borada o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlari belgilandi.  

Ishtirokchi davlatlarning davlat xizmatida inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish tajribasiga oid taqdimotlari o‘tkazildi.

Jumladan, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi departamenti mudiri Botu Alimov “Davlat xizmatchilari salohiyatini rivojlantirishning asosiy masalalari va istiqbollari” mavzusida taqdimot qildi. 

Unda O‘zbekistonda davlat xizmati transformatsiyasi, agentlik faoliyati, davlat xizmatiga kadrlarni ochiq tanlov asosida qabul qilish tizimi, kadrlar faoliyati samaradorligini KPI asosida baholash tartibi, shuningdek, davlat xizmatchilarining malakasini tizimli oshirib borish mexanizmi haqida ma’lumot berildi. 

O‘zbekiston tajribasi ishtirokchilar tomonidan ijobiy baholandi.  


O‘zA