French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Sirdaryo viloyati filiali yangi binoda ish boshladi
15:21 / 2021-02-01

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Sirdaryo viloyati filiali va Davlat boshqaruvi akademiyasining Guliston filiali yangi binoda ish boshladi.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, viloyat filiali rahbar va mas’ul xodimlari, viloyat, Guliston shahar hokimligi, mahalliy kengash deputatlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.  

Unda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar davlat fuqarolik xizmatchilarini tanlash, kadrlarni o‘z vazifasiga qo‘yish, rivojlantirish tizimiga va ularning natijadorlikka yo‘naltirilganligiga bevosita bog‘liqligi, davlat fuqarolik xizmati sohasidagi o‘zgarishlar yurtimiz taraqqiyotiga ulkan turtki bo‘lishi ta’kidlandi.

Mamlakatimizda barcha sohalarda bo‘lgani kabi, davlat fuqarolik xizmatida ham keng ko‘lamli yangiliklar amaliyotga tatbiq etilib, davlat xizmati sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bu borada Prezidentimizning 2019 yil 3 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni va “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida mamlakatimizda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va davlat fuqarolik xizmati masalalari bo‘yicha yagona vakolatli organ tashkil etildi.

O‘tgan qisqa vaqt ichida Agentlik tomonidan davlat organlari va tashkilotlarida xodimlarni boshqarish, kadrlar resurslarini rivojlantirishda Sirdaryo viloyatida ham tizimli ishlar amalga oshirildi.

Jahon, Yevropa va Sharq arxitektura uslublarini o‘zida mujassam etgan majmuada o‘tgan 2020 yil nihoyasida tubdan mukammal qayta ta’mirlash, rekonstruksiya va qurilish ishlari amalga oshirilib, 3 milliard 534 million so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.  

Davlat boshqaruvi akademiyasining Guliston filiali jami 105 nafar tinglovchiga mo‘ljallangan bo‘lib, unda bitta vebinar, bitta multimedia, ikkita trening, ikkita elektron adabiyotlar xonalari, videostudiya va xizmat xonalari barpo etildi.  

Binodagi har bir xona zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, zarur texnik, madaniy, maishiy jihozlar, qattiq va yumshoq mebellar, kompyuter, nazorat kamerasi va boshqa vositalar bilan jihozlandi.

Binoning tantanali ochilish marosimiga tashrif buyurganlar bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi.  

Tadbir davomida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari A.Xasanov tomonidan amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar bo‘yicha taqdimot o‘tkazilib, agentlikning hududiy filiallari rahbarlari bilan suhbatlashildi.

Tadbirda Sirdaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Anvar Karimov so‘zga chiqdi.

 

A.QAYUMOV, F.TOSHMATOV (surat), O‘zA