Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat xizmatiga ilk bor qabul qilingan xodimlar bilan dastlab bir yilga shartnoma tuziladi
12:05 / 2026-01-27

Mamlakatimizda ixcham, professional va samarali davlat boshqaruvi tizimini shakllantirish, davlat fuqarolik xizmatining huquqiy va tashkiliy asoslarini mustahkamlash, davlat xizmatchilari ishini natijadorlikka yo‘naltirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Davlat fuqarolik xizmati tizimi zamon talablariga mos ravishda takomillashtirib borilmoqda.

Parlament quyi palatasining majlisida mazkur masalalarga oid “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tuzilmasi hamda davlat fuqarolik xizmati tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

[gallery-27319]

Qayd etilganidek, mazkur qonun loyihasida bojxona, ichki ishlar, prokuratura, Milliy gvardiya xodimlari va sudyalar Administratsiya rahbari farmoyishi bilan boshqa davlat organlariga yoki ularning tasarrufidagi tashkilotlarga boshqaruv xodimi lavozimlariga o‘tganda, qonun hujjatlariga muvofiq, ularni kadrlar zaxirasiga kiritilishi mumkinligi yoki xizmat stajining hisobga olinishi bilan bog‘liq normalar nazarda tutilyapti.

Shuningdek, davlat xizmatiga ilk bor qabul qilingan xodimlar bilan mehnat shartnomasi dastlab bir yil muddatga tuzilishi, “Davlat xizmatiga kirish” maxsus kurslarini va malaka oshirish kurslarini o‘tashi hamda inson resurslarini boshqarishga oid ma’lumotlar va hujjatlar faqatgina “hrm.argos.uz” platformasida shakllantirilishi belgilanmoqda.

Qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlash jarayonida ishchi guruh a’zolari va deputatlar takliflari asosida takomillashtirilgani ta’kidlandi va deputatlar tomonidan qabul qilindi.  

Muhtarama Komilova,  

Asliddin Alijonov (surat),

O‘zA