Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat xizmatida kadrlar zaxirasi muhim ahamiyatga ega
08:35 / 2023-03-07

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamdagi islohotlar samarasi o‘laroq, davlat fuqarolik xizmatining rahbar kadrlar tarkibini barqaror ta’minlash va uning sifatini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

“Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 25-moddasida “Milliy kadrlar zaxirasi davlat fuqarolik xizmatchilarining rahbarlik lavozimlarini malakali kadrlar bilan to‘ldirish maqsadida davlat fuqarolik xizmatchilarini markazlashtirilgan holda saralab olish, tayyorlash, qayta tayyorlash va uzluksiz malakasini oshirish tizimidir, deb mustahamlab qo‘yildi.

Davlatimiz rahbari tomonidan 2022 yil 4 avgust kuni davlat xizmatini isloh qilish va boshqaruvda natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ham mahallalardagi hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va xotin-qizlar faollari orasidan yuqori natijalarga erishgan nomzodlarni maxsus bilim va psixodiagnostik test sinovlaridan o‘tkazib, ular orasidan 1000 nafarini tanlab, salohiyatli kadrlar rezerviga kiritish vazifasi belgilangan edi.

Salohiyatli kadrlar zaxirasini yaratish ham ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan amaliy ishlarning mantiqiy davomidir. Ushbu vazifani amalga oshirish maqsadida Davlat xizmatini rivojlantirish Agentligining Navoiy viloyati filiali tomonidan ham bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

– 2022 yilning sentyabr-oktyabr oylari davomida viloyatdagi 330 ta mahalladagi 990 nafar hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar faollari orasidan sektor rahbarlari va yo‘nalishlar bo‘yicha tuman (shahar) hokim o‘rinbosarlarining xulosalari hamda “360” daraja baholash natijalariga ko‘ra, dastlab 83 nafar nomzodlar saralab olindi, – deydi Filialning Kadrlar ma’muriyatchiligi bo‘limi bosh inspektori Akmal Shakarov. – Saralashning keyingi bosqichi test bosqichidan 65 foiz va undan yuqori natijalarni qayd etgan hamda oldingi ish joylari va mehnat stajlari hisobga olingan holda 60 nafar nomzod saralanib olindi. So‘nggi bosqich suhbat natijalariga ko‘ra, ulardan 35 nafari saralanib, salohiyatli kadrlar zaxirasiga kiritildi. Ulardan 27 nafari hokim yordamchilari, 6 nafari yoshlar yetakchilari, 2 nafari xotin-qizlar faollari hisoblanadi. Salohiyatli kadrlar zaxirasiga saralangan nomzodlarning kasbiy va shaxsiy kompetensiyalarini rivojlantirish maqsadida har biri o‘zining 6 oyga mo‘ljallangan shaxsiy rivojlanish rejalarini ishlab chiqishdi.

Ushbu shaxsiy reja ta’lim, amaliyot, ilmiy-ijodiy faoliyat, kitob mutolaasi kabi yo‘nalishlardan iborat bo‘lib, shaxsiy rejaning bajarilishi muntazam ravishda monitoring qilib borilmoqda.

– Ish rejaga muvofiq joriy yilning yanvar oyida barcha zaxiraga olingan 35 nafar salohiyatli kadrlar davlat fuqarolik xizmatchilari uchun mo‘ljallangan 50 soatlik masofaviy kurslarda o‘qitilib, sertifikatlarga ega bo‘ldilar. Bundan tashqari, nomzodlar o‘z-o‘zini rivojlantirish maqsadida onlayn va an’anaviy o‘quv kurslarida bilim va malakalarini oshirmoqdalar, tavsiya etilgan kitoblarni mutolaa qilmoqda.  

Stajirovka yakunlari bo‘yicha nomzodlar stajirovka rahbari tomonidan mehnatsevarligi, intizomliligi, mas’uliyatliligi, savodxonligi, liderlik xislati, kasbiy professionalizmi, odobi va muomala madaniyati kabi yo‘nalishlar bo‘yicha baholandi. Galdagi vazifamiz ushbu zaxiraga kiritilganlar ichidan faoliyati yuqori baholangan va ko‘rsatkichlari baland bo‘lgan nomzodlarni Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasida o‘qitish, – deya fikrini davom ettiradi A.Shakarov.  

bugungi kunda davlat fuqarolik xizmatini raqamlashtirish ishlari jadal olib borilmoqda. Jumladan, zaxira kadrlar bo‘yicha ham alohida zaxira.argos.uz elektron platformasi ishlab chiqilib, joriy yilning fevral oyidan tajriba sinov tariqasida amaliyotga joriy etilganligi muhim yangiliklardan biridir.

Ushbu elektron platformada nomzodlar to‘g‘risida to‘liq ma’lumot, ularning bilim testi, psixologik testlar, suhbat va KPI (reyting) natijalari, kelgusida tavsiya etiladigan lavozimi, shuningdek, shaxsiy rivojlanish rejalari va ularning bajarilishi elektron tarzda kiritilib, monitoring qilib boriladi.

Ayni paytda nomzodlar shaxsiy rivojlanish rejalariga ko‘ra, o‘zlari belgilagan davlat idorasi va tashkiloti, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlarida stajirovka o‘tab, kelgusidagi faoliyatlari samaradorligini yanada oshirish uchun zarur bo‘lgan bilim, malaka va ko‘nikmalarini rivojlantirish, amaliyot rahbarlaridan esa tajribalarni o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

Abduvali Bo‘riyev, O‘zA