Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat xizmatida halollik va shaffoflik asosiy mezon
11:39 / 2025-10-27

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugda korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Qashqadaryo viloyat sudi tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur tadbirda davlat organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini yanada samarali tashkil etish, mavjud muammolar va xavf-xatarlarni muhokama qilish, sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini tushuntirishga alohida e’tibor qaratildi.

Seminarda sudyalar, harbiy prokuratura va Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan yangilanishlar natijasida jamiyatda adolat va qonun ustuvorligini ta’minlash, zamonaviy va samarali davlat boshqaruvi tizimini shakllantirish, davlat xizmatida halollik hamda shaffoflik tamoyillarini mustahkamlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, sud amaliyotidagi aniq misollar orqali korrupsiyaviy jinoyatlarning oqibatlari tahlil etildi hamda ularga nisbatan murosasiz munosabat madaniyatini shakllantirish zarurligi ta’kidlandi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida erishilayotgan yutuqlar, amalga oshirilayotgan islohotlar va kutilayotgan yangiliklar haqida batafsil ma’lumot berildi.

O‘lmas Barotov, O‘zA