Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat xizmati sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqiladi
18:28 / 2025-12-11

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumani davlatimiz rahbarining “Davlat xizmatida boshqaruv samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni mazmun-mohiyatiga bag‘ishlandi.

Mamlakatimizda davlat boshqaruvini zamonaviy mexanizmlar asosida tashkil etish, kadrlar salohiyatini rivojlantirish va aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida keng ko‘lamli islohotlar amalga  oshirilayotgani qayd etildi.  

Farmonga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligiga keng vakolatlar berildi.  

Jumladan, agentlik davlat organlarida natijaga asoslangan boshqaruv tizimini joriy etadi. Hududlarning yangi imkoniyatlarini aniqlash va boshqaruv samaradorligini oshirish, davlat organlarida inson resurslari bilan ishlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha faoliyat olib boradi.  

[gallery-26688]

Zamonaviy menejment va loyihaviy yondashuv usullari, strategik rejalashtirish asosida maqsadli ko‘rsatkichlar tizimi, davlat  organlarini kadr resursi bilan ta’minlash, mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan hamkorlik, davlat  dasturlari ijrosini ta’minlash, “o‘sish nuqtalari” va ishga solinmagan imkoniyatlarni aniqlash, kadrlar zaxirasi va ularning rivojlanishi, shuningdek, xorijdagi vatandoshlar bilim va salohiyatidan foydalanish kabi chora-tadbirlarni amalga  oshiradi.

Farmonga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvardan “Yangi O‘zbekiston  qiyofasidagi tuman (shahar)” maqomidagi 33 tuman (shahar) hokimliklarida tajriba-sinov tariqasida natijaga asoslangan boshqaruv tizimi joriy etiladi.  

Davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi joriy etildi. Davlat boshqaruvida «vazifa-funksiya-resurs-javobgarlik» zanjiri asosida samaradorlik oshiriladi. 

Davlat organlarida kadrlar zaxirasini yuritish bo‘yicha yangi tartib joriy etiladi. Davlat organlari tomonidan Milliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan lavozimlar uchun nomzodlar  ro‘yxati mustaqil shakllantiriladi.  

Farmonda nazarda tutilgan ushbu chora-tadbirlar davlat  xizmatini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqadi.  

Anjuman ishtirokchilari ushbu farmonni davlat boshqaruvi tizimini modernizatsiya qilish hamda samaradorligini oshirishda strategik qadam sifatida baholab, sohaga doir o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldi.

N.Abduraimova, O‘.Hayitov (surat), O‘zA