English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat xizmatchilarining huquqlarini buzgan 49 nafar aybdor shaxsga nisbatan jazo choralari qo‘llanildi
23:14 / 2025-10-20

Boshqaruv samaradorligi agentligi tomonidan joriy yil 9 oyida qanday ishlar amalga oshirildi? Bu savolga agentlik axborot xizmati rahbari Sevara Zokirova javob berdi:

– Agentlik tomonidan davlat organlari va tashkilotlarida xodimlarni boshqarish va inson resurslarini rivojlantirish sohasida izchil ishlar amalga oshirildi.

Vacancy.argos.uz portali orqali 68 vazirlik va idora hamda barcha tuman (shahar) hokimliklaridagi vakansiyalar bo‘yicha jami 18,5 mingdan ortiq tanlov o‘tkazildi. Ularda 644 mingdan ziyod nomzod qatnashdi. Tanlovlar natijasida nomzodlarning 11 ming nafarga yaqini ishga qabul qilindi.

Maxsus elektron portal orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari o‘rinbosarlari, tuman (shahar) hokimi lavozimiga jami 1 ming 163 nafar kadrlar zaxirasi shakllantirildi. 

Mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, ijtimoiy xodim va soliq inspektorlari orasidan natija ko‘rsatgan ming nafar nomzod “Salohiyatli kadrlar zaxirasi”ga saralab olindi.

Vazirlik va idoralarning 149 rahbarlik lavozimlariga 606 nafar kadrlar zaxirasi shakllantirildi. “Rahbar ayollar maktabi”da 100 nafar xotin-qizlar navbatdagi dasturda ishtirok etdi. Mazkur dastur bitiruvchilarining 57 nafari yuqori lavozimlarga tayinlandi.

Xanns Zaydel jamg‘armasi hamda Bavariya davlat boshqaruvi maktabi hamkorligida yo‘lga qo‘yilgan “Hokimlikka tayyorlash maktabi” qo‘shma ta’lim dasturida “Milliy kadrlar zaxirasi”dagi 49 nafar nomzod o‘qitildi. Ulardan  14 nafari yuqori lavozimlarga tayinlandi.       

Turli sohalarga oid jami 117 o‘quv kursi va 13 ekspress-trening tashkil etildi. “Milliy kadrlar zaxirasi”, “Salohiyatli kadrlar zaxirasi”, “Istiqbolli kadrlar zaxirasi”dagi turli tashkilotlarning 16 ming 259 nafar xodimi uchun turli o‘quv kurslari tashkil etildi.

30 nafar yosh davlat xizmatchilari uchun “Yosh liderlar” qo‘shma ta’lim dasturi amalga oshirildi.

Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat oliy ta’lim muassasalari tomonidan yuqori lavozimlarga taklif etilgan 115 nafar xotin-qizlar uchun o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.

94 nafar turli darajadagi davlat xizmatchilari uchun Turkiya, Vengriya, Janubiy Koreya, Latviya va Xitoyda o‘quv stajirovkalari, masofaviy o‘quvlar tashkil etildi.

Agentlikning yangi masofaviy ta’lim platformasi –“edu.argos.uz”da 118 ming 132 nafar foydalanuvchi muayyan kursni yakunlab, sertifikatga ega bo‘ldi.

Istiqbolli kadrlar bilan ishlash va ularning professional faoliyatini monitoring qilish bo‘yicha yangicha tizim joriy etildi. Unga ko‘ra, Agentlikni xorijdagi OTMlarda o‘qish uchun stipendiya ajratadigan xalqaro nodavlat tashkilotlarining “Milliy hamkori” etib belgilash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqildi. 

Xalqaro hamkorlik yo‘nalishida AQSH, Germaniya, Fransiya, Vengriya, Latviya, Turkiya, BAA, Xitoy va Janubiy Koreya kabi mamlakatlarga jami 30 dan ortiq xorijiy malaka oshirish kurslari va xizmat safarlari tashkil etildi.

BMT Xalqaro davlat xizmati komissiyasi (ICSC) bilan memorandum imzolandi. Unga ko‘ra, davlat xizmatchilari va “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiatlari BMT tizimida stajirovka o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Davlat xizmatchilarining huquqlarini himoya qilish yo‘nalishida 3 ta kompleks o‘rganish (Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi) va 414 ta monitoring o‘tkazildi.

Ko‘rilgan choralar natijasida 61 nafar xodimning mehnatiga haq to‘lashga oid buzilgan huquqlari tiklandi. 137  noqonuniy buyruq (ishga qabul qilish to‘g‘risidagi) bekor qilindi. 49 nafar aybdor shaxslarga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanildi, 45 nafar aybdor shaxsga nisbatan ma’muriy jarima qo‘llanildi.

Mahalliy hokimliklarning 8 mingga yaqin xodimi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, 6 mingdan ziyodi sog‘lomlashtirildi.

“@murojaat-bot” telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali kelib tushgan 779 murojaatdan 195 tasi qanoatlantirildi. 351 tasi  bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi. 

                                                                  N.Abduraimova, O‘zA